Litvada Yevropa Ittifoqidagi poçta logistika markazlarida posilka yonğinlari bilan boğliq iş yuzasidan bir neça kişi qölga olindi. Vilnyus prokuraturasining 5 noyabr, seşanba kuni xabar berişiça, gumonlanuvçilar Litvadan boşqa Ğarb davlatlariga yonuvçi posilkalarni jönatişga aloqador deb hisoblanyapti.
Litva prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Kyastutis Budrisning fikriça, voqealar ortida Rossiya harbiy razvedkasi – Rossiya Federatsiyasi Boş ştabining Boş boşqarmasi turibdi. «Biz (yomon niyatli operatsiyalar) manbasini zararsizlantirişimiz va uni yöq qilişimiz kerak. Va biz bu operatsiyalar ortida kim turganini bilamiz», — deya uning sözlarini keltiradi dpa agentligi.
Öz navbatida, Litva boş prokurori Nida Gruskiyene Vilnyusda jurnalistlar bilan suhbatda tergov qizğin olib borilayotgani va unda boşqa davlatlar ham iştirok etayotganini ta’kidladi. U qöşimça ma’lumot bermadi.
Britaniya va Germaniyada posilkaning yonişi
OAV ma’lumotlariga köra, 22 iyul kuni Britaniyaning Birminhem şahri yaqinidagi DHL logistika markazida posilka yonib ketişi bilan boğliq hodisa yuz bergan. Şundan söng öt öçiriş xizmatlari heç qanday jabrlanuvçilarsiz olovni öçirişga muvaffaq böldi. Buyuk Britaniyada tergov boşlandi.
Şunga öxşaş hodisa iyul oyida Germaniyada ham sodir bölgan edi. Tergovga rahbarlik qilayotgan federal prokuratura ma’lumotlariga köra, posilka Leypsig aeroportidagi DHL yuk markazida yonib ketgan. Konstitutsiyani himoya qiliş federal idorasi rahbari Tomas Haldenvang öşanda ta’kidlaganidek, samolyot bortidagi yonğin uning halokatiga olib kelişi mumkin edi.
Rossiyaga qarşi ayblovlar
4 noyabr kuni The Wall Street Journal (WSJ) gazetasi ğarb maxsus idoralaridagi manbalarga tayanib, Rossiya Germaniya va Buyuk Britaniyadagi logistika markazlaridagi voqealarga aloqadorligini yozdi. Naşrning yozişiça, xavfli posilkalarda magniy asosidagi yonuvçi modda bilan töldirilgan elektr massajyerlar bölgan.
Naşr manbalarining ta’kidlaşiça, Rossiya agentlari operatsiyasidan maqsad Şimoliy Amerikaga uçayotgan samolyotlarga öt öçiriş moslamalarini qanday olib kirişni aniqlaş bölgan.
Oktyabr oyi oxirida Polşa milliy prokuraturasi DHL omborlarida sodir bölgan yonğinlar böyiça tört kişi hibsga olinganini ma’lum qildi. Hibsga olinganlar çet el razvedkasi topşiriği bilan terrorçilik amaliyotlarida iştirok etganlikda ayblangan.












