Jahon | 18:25 / 20.10.2020
5866
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh «Shimoliy oqim-2»ga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari «Shimoliy oqim-2» («Severniy potok – 2») gaz quvuriga qarshi sanksiyalar kengaytirilishini e'lon qildi. Cheklovlar quvurlarni yotqizish kemalarida jihozlarni qayta jihozlash yoki o‘rnatishda yordam beradigan va moliyalashtiradigan kompaniyalarga tegishli. Bu haqda Davlat departamenti saytida xabar berilgan.

Foto: Hannibal Hanschke / Reuters

Vashington Moskvani energiya manbalaridan boshqa mamlakatlarga bosim vositasi sifatida foydalanishni to‘xtatishga chaqirgan.

Qo‘shma Shtatlar Rossiya gaz quvuriga birinchi sanksiyalarni 2019 yil oxirida kiritgan. Shundan so‘ng quvurlarni yetkazib berishni ta'minlagan Yevropaning Allseas kompaniyasi Rossiya bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgan edi. 2020 yil yozida Vashington cheklovlarni kengaytirib, qurilishni yakunlash uchun kemalarni sug‘urtalaydigan kompaniyalar va kemalarni jihozlash bilan shug‘ullanadigan firmalarni sanksiyaga qo‘shib qo‘yish bilan tahdid qilgandi.

Mavzuga oid