Jahon | 19:12 / 22.10.2020
12226
2 daqiqa o‘qiladi

iPhone 12 smartfonlarining eng katta kamchiligi ma'lum qilindi

The Verge nashri iPhone12 Pro smartfoniga bergan sharhida iPhone 12 turkumidagi telefonlarning asosiy kamchiligi haqida gapirdi.

Foto: Reuters

Nashr bosh muharriri Nilay Patelning so‘zlariga ko‘ra, iPhone 12 Pro smartfonining quvvati 4G va 5G tarmoqlarida ishlatilgan vaqtda bir-biridan katta farq qiladi. Jurnalistlar buni tekshirish uchun beshinchi avlod simsiz tarmog‘i barqaror ishlaydigan Nyu-Yorkka borishlariga to‘g‘ri keldi.

Natija mualliflarni hayratga soldi: «Taxminan 2,5 soatlardan keyin smartfon ekranidagi quvvat ko‘rsatkichi miqdori 18 foizga tushib qoldi».

Patel, shuningdek, smartfon standart 5G tarmog‘i va millimetrlik diapazonda (mmWave) ishlatilganda ham quvvat sarfida farq borligini taxmin qildi. Ma'lum qilinishicha, bu mmWave tarmog‘i energiyani o‘ta ko‘p sarflashi bilan bog‘liq.

iPhone 12 Pro batareyasida muammolar borligini Engadjet mualliflari ham tasdiqlashgan. Shuningdek, ular kompaniyaga iPhone 12 Pro Max quvvatini uzoqroqqa yetadigan qilib boyitish borasida tavsiyalar berdi.

Umuman olganda, Qo‘shma shtatlar nashrlari batareya quvvatining tez pasayib ketishini iPhone 12 larning asosiy kamchiligi ekanligini aytishmoqda.

The Verge nashri bosh muharriri holatga izoh olish uchun Apple kompaniyasiga murojaat qilgan. Kompaniya smartfon batareyasining quvvati to‘liq bir kun davomida ishlatishga yetishini kutayotganini ma'lum qilgan.

Jurnalistlar batareya quvvati bo‘yicha 2019 yilda taqdim qilingan iPhone 11 yangi modeldan yaxshiroq degan xulosani berishdi.

Eslatib o‘tamiz, Apple kompaniyasi shu yilning 13 oktabr kuni uzoq kutilgan taqdimotda iPhone 12 turkumidagi smartfonlarini namoyish qilgan edi.

Mavzuga oid