O‘zbekiston | 10:49 / 27.10.2020
19254
1 daqiqa o‘qiladi

Karantin talablari buzilganda, avtomobil jarima maydonchasiga majburiy joylashtiriladi

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Foto: Toshkent shahar IIBB

O‘zgartirishga ko‘ra, endi epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish (54-modda) bilan bog‘liq ma'muriy ishlar ichki ishlar organlari tomonidan ham ko‘rib chiqilishi mumkin.

Bunda, ichki ishlar organlari ushbu toifadagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma'muriy jazoni qo‘llashga faqat tegishli hududlarda yoki obektlarda karantin joriy etilgan taqdirda haqlidir.

Shuningdek, endilikda karantin sharoitida haydovchilar tomonidan kodeksning 54-moddasining ikkinchi qismida (transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida) nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganda, transport vositalari ichki ishlar organlari tomonidan ma'muriy ish ko‘rilguniga qadar ushlab turilishi mumkin.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Mavzuga oid