Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Unga köra, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiçik hajmli elektr dvigatelli transport vositalarini va individual harakatlaniş vositalarini boşqariş vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uçun ma’muriy javobgarlikni belgilaşni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Xususan, endilikda skuterlar, mopedlar va velosipedlarni, individual harakatlaniş vositalarini, ulovli aravani boşqarib borayotgan şaxslarning hamda yöldan foydalanuvçi boşqa şaxslarning yöl harakatini tartibga soluvçi signallarga böysunmasligi, ustunlik beruvçi, taqiqlovçi yoki körsatma beruvçi yöl belgilari talablariga rioya etmasligi BHMning uçdan bir qismi miqdorida (125 ming söm) jarima solişga sabab böladi.
Şuningdek, belgilangan tartibda nur qaytargiçlar va çiroqlar bilan jihozlanmagan individual harakatlaniş vositalarini, skuterlar, mopedlar, velosipedlarni hamda ulovli aravani boşqariş, qolaversa, individual harakatlaniş vositalarining va skuterlarning haydovçilari tomonidan odamlarni taşiş BHMning ikkidan bir qismi miqdorida (187,5 ming söm) jarimaga sabab bölişi mumkin.
Bundan taşqari, skuter, moped, velosipedni, individual harakatlaniş vositasini, ulovli aravani boşqarib borayotgan şaxsning alkogolli içimlik, giyohvandlik moddasi ta’sirida yoki özgaça tarzda mast bölgan holda yöl harakati qoidalarini buzişi BHMning 3 baravari (1 mln 125 ming söm) miqdorida jarima solişga sabab böladi.
Mazkur qoidalar qonun kuçga kirgan kundan e’tiboran bir oy ötgaç, ya’ni 28 noyabrdan amalga kiritiladi.
Ma’lumot uçun, kiçik hajmli elektr dvigatelli transport vositalariga elektr dvigateli bilan ta’minlangan, kiçik ölçamdagi, asosan şaxsiy yoki qisqa masofalarda transport sifatida qöllanadigan vositalar. Bularga elektr skuterlar, elektr velosipedlar, miniatyur elektr avtomobillar va giroskuterlar kiradi.
Individual harakatlaniş vositalariga esa şaxsiy foydalaniş uçun möljallangan, asosan bitta odamni taşişga qodir bölgan transport turlari. Ularning içiga velosipedlar, skeytbordlar, skuterlar, monokoleso, giroskuterlar, segveylar va hatto kiçik elektromobillar kiradi.

















