IIV Jamoat xavfsizligi departamenti 18 yoşdan oşgan şaxslar tomonidan sodir etilgan kvadrobika harakatlari mayda bezorilik sifatida malakalanişi mumkinligini ma’lum qildi.
Qayd qilinişiça, kvadroberlar köçada özga şaxslarga taşlansa yoki erkin harakatlanişiga tösqinlik qilsa, bunday xatti-harakatlar ham mayda bezorilik deb baholanadi.
Mazkur harakatlar bilan jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimaslik Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan iş oçişga sabab böladi. Uşbu modda bilan ayblangan şaxslar bazaviy hisoblaş miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigaça miqdorda (1 mln 125 ming sömdan 1 mln 875 ming sömgaça) jarimaga tortilişi yoki ön beş sutkagaça ma’muriy qamoqqa olinişi mumkin.
Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga muvofiq, ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalaş va ularga ta’lim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, şu jumladan, voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etişiga olib kelişi BHM 5 barobarigaça (1 million 875 ming sömgaça) jarimaga tortişga sabab böladi.
Kvadrobika — bolalar va ösmirlar orasida ommalaşgan trend bölib, xobbi, submadaniyat va fitnes qorişmasi. Kvadroberlar hayvonlarning niqobini kiyadi, dum taqadi va hayvonlarga taqlid qilib, 4 oyoqda yuradi va sakraydi.












