Sport | 14:32 / 27.10.2020
11369
1 daqiqa o‘qiladi

Laziz Hasanov 7-DAN qora belbog‘ sohibi bo‘ldi

O‘zbekistonlik taekvondochilar xalqaro e'tirofga sazovor bo‘lishdi. O‘zbekiston taekvondo ITF milliy assotsiatsiyasi prezidenti Laziz Hasanov endilikda 7-DAN qora belbog‘ sohibi bo‘ldi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Kun.uz'ga ma'lum qildi.

Laziz Hasanov, shuningdek, Xalqaro taekvondo ITF federatsiyasi tomonidan xalqaro toifadagi instruktor sertifikatini ham qabul qilib oldi. O‘zbekiston taekvondo ITF milliy assotsiatsiyasi Buxoro viloyati bo‘limi rahbari Ubayt Mukarramov esa 6-DAN qora belbog‘ sohibi bo‘ldi. Unga ham Xalqaro toifadagi instruktor sertifikati topshirildi.

Ma'lumot uchun, sportchi yoki murabbiy Xalqaro taekvondo ITF federatsiyasining 7-DAN darajasini olishi uchun ushbu sport turida kamida 30 yil faoliyat olib borgan bo‘lishi lozim. Laziz Hasanov esa 31 yildan buyon taekvondo bilan shug‘ullanadi va murabbiylik qilib keladi.

Mavzuga oid