Tanzaniyada prezident va parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
Afrikaning Tanzaniya davlatida 28 oktyabrda prezident va parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Saylovchilar prezident lavozimiga 15 nomzoddan birini tanlashlari kerak bo‘ladi. Saylovlarda amaldagi prezident Jon Magufuli ham ishtirok etmoqda.

Saylovlar mamlakatning sharqiy qismida joylashgan Zanzibar arxipelagi orollarida muddatdan oldin ovoz berish vaqtida yuz bergan to‘qnashuvlar ortida keskin vaziyatda o‘tmoqda.
Mamlakatda ro‘yxatga olingan 29 mln saylovchi prezident lavozimiga 15 nomzoddan birini tanlashi kerak bo‘ladi. Saylovlarda amaldagi prezident Jon Magufuli ham ikkinchi muddat uchun kurash olib boradi. Uni Tanzaniyadagi hukmron Inqilob partiyasi qo‘llab-quvvatlamoqda. Ushbu partiya nomzodlari 1995 yildan beri barcha saylovlarda g‘alaba qozonib keladi.
Magufulining prezidentlik lavozimi uchun kurashdagi asosiy raqibi muxolifat yetakchisi va parlamentning sobiq deputati Tundu Lisu hisoblanadi. Uning nomzodi yetakchi muxolif partiyalar tomonidan ilgari surilgan. Lisu 2017 yilda Tanzaniya poytaxti Dodomada hayotiga suiqasd qilinishi vaqtida olgan og‘ir jarohatlardan so‘ng o‘nglanib, iyul oyida Belgiyadan Tanzaniyaga qaytgan.
Tanzaniyada prezident saylovlarida ko‘pchilik tizimi amal qilib, eng ko‘p ovoz to‘plagan nomzod g‘alaba qozonadi. Saylovlar o‘tishi ortidan Afrika ittifoqi delegatsiyasi kuzatuv olib boradi.
Afrika davlatida prezident saylovlari bilan bir vaqtda bir palatali parlamentga saylovlar o‘tmoqda. Unda 393 deputatlik o‘rni uchun kurash olib boriladi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tojikistonda internetda «layk» bosganlik uchun jinoiy jazo bekor qilindi
Jahon | 17:14
-
Texnomart GUM filialida Samsung kompaniyasining SmartThings zonasi ochilishi: aqlli uy haqiqatga aylanmoqda!
O‘zbekiston | 17:00
-
Instagram o‘smirlar uchun ba’zi cheklovlarni joriy qiladi
Jahon | 16:39
-
“Qishloqda yashab ham kam bo‘lmadik” - qo‘shtepalik bog‘bon
Jamiyat | 16:35
Mavzuga oid

21:29 / 23.03.2025
Tanzaniyada ulkan daraxtlarning yangi turi aniqlandi

23:21 / 09.09.2024
Tanzaniyada o‘g‘irlab ketilgan muxolifat vakili o‘lik holda topildi. Uning yuziga kislota sepilgan

01:03 / 02.11.2023
Germaniya prezidenti Tanzaniyada nemis mustamlakachilarining vahshiyliklari uchun kechirim so‘radi

22:21 / 06.11.2022