AQSh O‘zbekistonga nisbatan qo‘llangan 12 yillik GSP monitoringni bekor qildi
Prezidentga savdo siyosati bo‘yicha tavsiya ishlab chiqadigan AQSh savdo vakilligi idorasi 3ta mamlakatga nisbatan GSP ta'qibi tugatilganini ma'lum qildi. Ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor.
30 oktabr kuni AQSh prezidenti ma'muriyatiga qarashli savdo vakilligi idorasi O‘zbekiston, Indoneziya va Gruziyaga nisbatan GSP (Imtiyozlarning umumlashgan sxemasi – tahr.) monitoringi tugatilganini ma'lum qildi.
Idora ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati ishchilar huquqini himoya qilish borasida sa'y-harakati va sharti bilan GSP ta'qibidan chetlashtiriladi.
«Bugungi e'lon GSP dasturi mehnat standartlarni yaxshilash hamda Amerika biznes doirasi va ishchilarining muvaffaqiyati uchun samarali ish berishini isbotlaydi», — deya idora vakili Robert Laytayzer so‘zlari keltirilgan.
Imtiyozlarning umumlashgan sxemasi – AQShdagi eng eski va katta savdo imtiyozini beruvchi davlat dasturi hisoblanadi. Bu orqali AQShga 3,5 mingdan ortiq tovarlar dunyoning 119ta manfaatdor hududlaridan duty-free qoidalari asosida import qilinadi. Imtiyoz dasturga qo‘shiluvchi davlatlar qonuniy o‘rnatilgan saralash talablari, xususan xalqaro tan olingan inson huquqlari, intellektual mulkni himoya qilishi va rioya etishi shart.
GSP dasturi monitoringi O‘zbekistonga nisbatan 2008 yildan buyon yuritilgan. Ta'qib to‘xtatilishiga Xalqaro mehnat tashkilotining o‘tgan besh yil davomida majburiy mehnatdan tizimli foydalanishga chek qo‘yilgani haqidagi ma'lumoti turtki bo‘ldi. O‘zbekiston hukumati majburiy mehnatga qarshi kurashni milliy darajada olib bormoqda.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024