
Özining Twitter’dagi sahifasida Y. Astrup Özbekistonda majburiy mehnat yöq bölib ketayotgani haqida xabar joylaştirdi.
«Özbekiston majburiy mehnatga qarşi kuraşda ğalaba qozonmoqda! XMT, Jahon banki, Yevropa ittifoqi, Şveytsariya, AQŞ Davlat departamenti Özbekiston hukumatining majburiy mehnatga qarşi işonç telefoni kabi samarali yeçimlarini qöllab-quvvatlaydi», - deyildi Y. Astrupning xabarida.
Şuningdek, tvitda ta'kidlanişiça, mehnat huquqlarining buzilişi böyiça Davlat inspeksiyasining dmi.mehnat.uz sayti, 1176 işonç telefoni va @mehnathuquqbot Telegram-boti orqali xabar beriş mumkin.
Sönggi yillarda Özbekistonning majburiy mehnatga barham beriş borasidagi yutuqlari xalqaro taşkilotlar va xorijiy şeriklar tomonidan keng e'tirof etilmoqda. Xalqaro mehnat taşkiloti ekspertlar qömitasi, AQŞ Davlat departamenti va boşqalarning ma'ruzalarida respublikaning ijobiy yutuqlari qayd etilgan.
Avvalroq, AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo Özbekistonda majburiy mehnatning oldini oliş böyiça körilayotgan çora-tadbirlarga baho bergandi.
U uşbu muammoga qarşi kuraşda butun mintaqa uçun namuna bölgan Özbekistonning sa'y-harakatlarini alohida ta'kidlab ötdi.
«Markaziy Osiyoning ba'zi mamlakatlari odamlarni paxta sanoati va boşqa sohalarda işlaşga majburlaş böyiça uzoq tarixga ega. Özbekistonning sa'y-harakatlari mintaqa davlatlari uçun uşbu muammoga qarşi kuraşning yangi standartlarini namoyiş etmoqda», - dedi Pompeo.
















