O‘zbekiston | 16:30 / 03.11.2020
8314
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«ISHONCH» brendi Uchko‘prikda yana bir zamonaviy klinikani ishga tushirdi

2 noyabr kuni Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida «ISHONCH KARDIO NEVRO» klinikasi o‘z faoliyatini boshladi.

2017 yil 1 apreldagi «Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori ijrosini ta'minlash maqsadida mamlakatimizda yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanib kelayotgan, 2010 yildan boshlab aholi turmush tarzini zamonaviy standartlar asosida shakllantirib o‘z xizmat turlarini takdim qilib kelayotgan «ISHONCH» kompaniyasi 2017 yilda Uchko‘prikda «ISHONCH MED» xususiy klinikasini ishga tushirgan bo‘lsa, endilikda «ISHONCH KARDIO NEVRO» klinikasini foydalanishga topshirdi.

 «ISHONCH» KARDIO NEVRO klinikasida:

  • nevropatologiya;
  • kardiologiya;
  • ginekologiya;
  • terapiya;
  • dermatologiya;
  • endokrinologiya yo‘nalishlarida malakali shifokorlar faoliyat olib borishadi.
  • Bundan tashqari klinikada:
  • yurak ultratovush tekshiruvi;
  • zamonaviy laboratoriya tahlillari;
  • fizioterapiya va massaj;
  • 24 soat birinchi yordam ko‘rsatish xizmatlari tashkil etilgan.

Qanday hollarda kardiolog mutaxassisga murojaat qilish kerak?

  • yurak va yurak atrofidagi og‘riqlarda;
  • yurak tez yoki sekin urganda;
  • oyoqlar shishganda;
  • nafas qisilganda;
  • yurak ishida uzilish hissi sezilganda;
  • tez yoki juda sekin puls holatida;
  • lablar ko‘karganda;
  • qon bosimi keskin oshganda yoki tushganda;
  • nafas qisilishida va to‘satdan bo‘g‘ilish xurujlarida;
  • oz miqdorli jismoniy faollik bilan bosh aylanishida.

Klinikada tibbiyot uskunalari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchilardan biri – AQShning GE Healthcare firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan Vivid S60 ultratovush tekshiruvi apparati (UZI) bilan jihozlangan bo‘lib, bu yurak-qon tomirlarini tasvirlash imkoniyatiga ega eng zamonaviy uskunalar sirasiga kiradi.

Qanday hollarda nevrologga murojaat qilish kerak:

  • to‘satdan bo‘ladigan yoki surunkali og‘riqlarda;
  • tananing har qanday sohasidagi sezgirlikning pasayishida;
  •  ko‘rishning xiralashishi, eshitish, ta'm va hid bilish buzilishida;
  • ayrim mushaklarda tonus pasayganda yoki kuchayganda;
  • beqaror yurish, harakatlar muvofiqligining buzilishida, to‘satdan beixtiyor harakatlar (konvulsiyalar)da, asabiy xurujlarda;
  • bosh aylanishida, quloqlardagi shovqinda;
  • hushsizlik xurujlari yoki boshqa takrorlanuvchi kasalliklar;
  • xotira buzilishida, diqqat jamlash va fikrlash qiyinligida;
  • nutq buzilganda, ovoz buzilganda;
  • uyqu buzilganda.

Klinikada laboratoriya tahlillari ham tashkil etilgan bo‘lib, bu bo‘lim ham eng zamonaviy diagnostika uskunalari bilan jihozlangan. Bu esa kasalliklarga aniq va tezkor laboratoriya tahlillarini o‘tkazishga hamda kasalliklarga to‘g‘ri tashxis qo‘yilishiga zamin yaratmoqda.

Shuningdek, kasalliklarni davolash samaradorligini yanada oshirish maqsadida Fizioterapiya bo‘limi tashkil qilingan bo‘lib, bu bo‘lim ham zamonaviy tibbiy uskunalar majmuasi bilan jihozlangan.

Dermatologiya bo‘yicha maxsus bo‘limda:

  • vitiligo (teri qoplamlariga oq dog‘ tushishi);
  • psoriaz;
  • qizil yassi temiratki;
  • tugunli qichima;
  • o‘choqli va tarqalgan neyrodermit;
  • terining allergik kasalliklari;
  • kelib chiqishi turli xil bo‘lgan husnbuzarlar;
  • tirnoqlardagi o‘zgarishlar;
  • soch to‘kilishi;
  • terining pufakli dermatozlari;
  • terining virusli kasalliklari;
  • terining nasliy va boshqa turdagi kasalliklari zamonaviy dermatologiyaning eng so‘nggi yutuqlari asosida yuqori samara bilan davolanmoqda.

Klinikada RXPC-500D traksion krovat mavjud bo‘lib, u orqali bel umurtqasi kasalliklarining barcha turlarini davolash mumkin; shuningdek, umurtqa pog‘onasi kasalliklari uchun ham ishlatiladi: bel diskining proyeksiyasi, denaturatsiya, cho‘zilish, to‘liq bo‘lmagan paraplegiya va gemiplegiyaning murakkab alomatlari.

Klinikada statsionar va ambulator davolanish uchun barcha sharoitlar yetarli. 64 o‘ringa mo‘ljallangan yotoqxonalar mavjud.

Manzil: Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani, Sog‘lom avlod ko‘chasi.

Mo‘ljal: Uchko‘prik tumani Tibbiyot birlashmasi ro‘parasida

Telefon: +99873-515-11-44; +99873-515-22-55.

ISHONCH KARDIO NEVRO ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram: https://t.me/ishonchkardionevro

Facebook: https://facebook.com/ishonchkardionevro

Instagram: https://instagram.com/ishonchkardionevro

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid