Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada koronavirusdan davolashda aspirin sinab ko‘rilmoqda
Ma'lum qilinishicha, koronavirus bemorlarida trombotsitlarning o‘ta faolligi sababli qonda tiqilmalar paydo bo‘lish xavfi yuqori bo‘ladi. Aspirin antitrombotsitar vosita hisoblanadi, u bemorlarda tiqilmalar paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi.
Buyuk Britaniyada COVID-19 infeksiyasidan samarali davolashda qonni suyultiradigan vosita sifatida aspirin sinab ko‘rilmoqda. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
“Aspirin foydali ekanligiga asosli taxminlar bor, u bezarar, arzon va sotuvda keng tarqalgan”, – deya tadqiqot rahbarlaridan biri Piter Xorbidan iqtibos keltirmoqda The Guardian.
Ma'lum qilinishicha, koronavirus bemorlarida trombotsitlarning o‘ta faolligi sababli qonda tiqilmalar paydo bo‘lish xavfi yuqori bo‘ladi. Aspirin antitrombotsitar vosita hisoblanadi, u bemorlarda tiqilmalar paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi.
Tadqiqot davomida 2 mingga yaqin bemor odatiy davolanish sxemasiga qo‘shimcha ravishda kuniga 150 mg aspirin oladi. So‘ngra ularning salomatligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar standart tibbiy yordam olayotgan bemorlar ma'lumotlari bilan solishtiriladi.
Mavzuga oid
18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV
23:06 / 04.09.2024
JSST: Xitoy barcha ma’lumotlarni taqdim etmaguncha COVID-19 pandemiyasi sababini aniqlab bo‘lmaydi
22:49 / 24.05.2024
2020-2021 yillarda COVID-19 pandemiyasi oqibatida vafot etganlar soni ma’lum qilindi
22:04 / 20.05.2024