Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Qarshida pedagog va shifokorlar bilan suhbatlashdi
Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahrida qashqadaryolik o‘qituvchi va murabbiylar, tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashdi.
Ma'lumki, 30 oktyabr kuni ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, 6 noyabrda esa sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inini tubdan o‘zgartirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishlari o‘tkazilgan edi. Bu ikki soha bo‘yicha Prezidentning alohida farmon va qarori ham qabul qilindi.
Bugungi uchrashuvda ta'lim va tibbiyot sohalaridagi islohotlarning ahamiyati, joylarda amalga oshirish choralari haqida so‘z bordi.
- Bu ikki sohani rivojlantirmasdan turib raqobatbardosh mamlakat bo‘la olmaymiz. Kelajakni sog‘lom millat, bilimli avlod quradi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qayd etish joizki, Qashqadaryoda maktablar ahvoli ham, tibbiy xizmat sifati ham qoniqarsiz. Muammolar juda ko‘p. Ota-onalar ta'lim tizimidan norozi. Aksariyat aholining turmush tarzi, ovqatlanish ratsioni to‘g‘ri emas. Shu bois bu sohalarda boshlangan islohotlar viloyat uchun o‘ta muhim va zarur.
Shavkat Mirziyoyev bu boradagi yangi ish tizimidan maqsadi, pedagog va shifokorlardan kutayotganlari haqida ko‘nglidagi gaplarni aytdi. Maktab direktorlari, o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlarining fikr-mulohazalarini eshitib, takliflarini qo‘llab-quvvatladi.
- Ta'limdagi ishlar ham, tibbiyotdagi ham igna bilan quduq qazishdek gap, natijasi tez ko‘rinmaydi. Buning uchun mashaqqatli mehnat, katta fidoyilik kerak. Boshlangan islohotlarning amalga oshishi, xalqimizning rozi bo‘lishi shunga bog‘liq. Bu yo‘lda sizlarga ishonaman, suyanaman, - dedi Prezident.






Mavzuga oid
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
21:50 / 25.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi bilan Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qildi
19:03 / 25.08.2025