Jahon | 09:01 / 13.11.2020
5746
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy odamlarga yangiliklarni “hech qanday yolg‘onlarsiz” o‘zi yetkazishga qaror qildi

Foto: facebook.com

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatda yuz berayotgan oxirgi yangiliklar haqida har kuni videoblog olib borishga va'da berdi. Ukraina yetakchisi Telegram-kanalida joylagan videomurojaatida “turli biznesmenlar va nufuzli siyosatchilarga tegishli kanallarda yaxshi yangiliklar yo‘qligini”, “ijobiy yangiliklar ham salbiy qilib ko‘rsatilishini” aytgan.

Ayni vaqtda koronavirusga chalingani sababli shifoxonada davolanayotgan Zelenskiy o‘z videomurojaatlarida ukrainaliklarni muhim yangiliklardan xabardor qilmoqchi. Ukraina prezidentining ta'kidlashicha, unda avvalgi prezidentlardan farqli, o‘z ommaviy axborot vositalari yo‘q.

“Shu sababli, men ish kuni davomida yuz bergan voqealar haqida hech qanday vositachilarsiz, nayranglarsiz va eng asosiysi, yolg‘onlarsiz so‘zlab berishga qaror qildim”, deb aytgan Zelenskiy.

9 noyabrda Zelenskiy koronavirusga chalingani ma'lum bo‘lgandi. U masofadan ishlashga o‘tganini ma'lum qilgandi. Biroq 12 noyabrda Zelenskiy shifoxonaga yotqizilgani ma'lum qilindi. 

Mavzuga oid