O‘zbekiston | 09:51 / 15.11.2020
4591
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Seoul Mun tadbirkorlik uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi

Seoul Mun – bu 40.000 kvadrat metr maydonda joylashgan zamonaviy savdo va tijorat maydoni. Maskan ajoyib manzaraga ega, u jamoat dam olishi uchun ko‘ngilochar va keng ko‘lamli xizmatlar ko‘rsatishga mo‘ljallangan.

Savdo-dam olish markazi tadbirkorlarga anhor qirg‘og‘i sathida 3 qavatli 270 dan ortiq turli formatdagi savdo joylarni taklif etadi. Bo‘rijar kanalining ikki qirg‘og‘ida joylashgan Seoul Mun tashrif buyuruvchilar uchun 3 kilometrdan ortiq ichki piyodalar yo‘lagini barpo etadi. Bu yerdagi har bir kvadrat metr tijorat ko‘chmas mulki sohasidagi jahon mutaxassislari bilan birgalikda chuqur o‘ylab loyihalangan. Asosiy e'tibor undagi bino va joy egalari o‘z sarmoyalaridan maksimal darajada foyda olishlariga qaratilgan. Knight Frank – yetakchi mustaqil konsalting kompaniyasi Seoul Mun loyihasi savdo maydonlari uchun atrofdagi transport qatnovini hisobga olib beshta asosiy toifani ishlab chiqdi. Unga ko‘ra hududdagi har bir savdo nuqtasida faollik yuqori darajada bo‘ladi.

O‘ziga xos omillarni uyg‘unlashtirgan Seoul Mun, shubhasiz har qanday biznes turi uchun muvaffaqiyatli savdo maskanidir. Loyiha foydali manzildagi joylashuv, 15 dan 1000 kvadrat metr maydongacha bo‘lgan binolarning katta tanlovi, majmuaga qulay kirish imkoniyatlari, ko‘p qavatli puxta o‘ylab loyihalangan avtoturargoh hamda uzun va ko‘kalamzorlashtirilgan piyodalar sayr yo‘lagi bilan alohida ajralib turadi – bularning barchasi poytaxt markazidagi manzarali anhor bo‘yida joylashgan.

Mustaqil ekspertlarning tahlillariga ko‘ra, tayyor obektni topshirish vaqtida uning kapitallashuvi 30% ga yetadi. Siz hoziroq o‘zingizga ma'qul joyni tanlashingiz hamda qulay shartlar asosida yuqori sifatli tijorat ko‘chmas mulk egasi bo‘lishingiz mumkin.

Yagona ma'lumot markazi: +99871 202-22-22

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: seoulmun.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid