Aliyev Rossiya va Turkiya Tog‘li Qorabog‘dagi xavfsizlikni ta'minlashda qatnashishini aytdi
Turkiya parlamenti prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Ozarboyjonga harbiylarni yuborish haqidagi farmonini ma'qulladi.
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Rossiya va Turkiya harbiylari Tog‘li Qorabog‘dagi "ozarboyjonlar va armanlar xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha operatsiyalarda" ishtirok etishini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya, Ozarboyjon va Armanistonning Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bayonotini mintaqadagi barcha mamlakatlar qo‘llab-quvvatladi.
"Barcha qo‘shnilarimiz qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi. Ikki qo‘shnimiz - Rossiya va Turkiya ozarboyjonlar va armanlar xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha operatsiyalarda ishtirok etadi", - dedi Aliyev.
9 noyabrda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida bayonot imzoladi. Unga ko‘ra, Ozarboyjon va Armaniston egallab turgan pozitsiyalarida qoladi, mintaqada rossiyalik tinchlikparvarlar joylashtiriladi.
Avvalroq Turkiya parlamenti prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Ozarboyjonga harbiylarni yuborish haqidagi farmonini ma'qullagandi.
Mavzuga oid
09:50 / 20.09.2024
Toshkentda O‘zbekiston-Ozarboyjon maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
22:04 / 03.09.2024
Ozarboyjon va O‘zbekiston parom ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
07:42 / 02.09.2024
Ozarboyjondagi parlament saylovlarida Aliyevning partiyasi g‘alaba qozondi
18:55 / 30.08.2024