“Armaniston Ozarboyjon bilan tinçlik kelişuvlari tuzilişidan manfaatdor emas, şu sababli ataylab vaqtni çözmoqda”, — degan Ilhom Aliyev Ozarboyjon-Turkiya parlamentlararo döstlik guruhi rahbari Şamio Ayrim boşliq Turkiya Buyuk millat majlisi delegatsiyasi a’zolari bilan Bokudagi uçraşuvda.
Ozarboyjon prezidentiga köra, Armaniston sulh imzolaş uçun vaqtni ataylab çözmoqda, Fransiya va boşqa ğarb davlatlaridan yangi qurol-yaroğlar xarid qilmoqda, uçinçi davlatlar bilan öz hududida harbiy maşğulotlar ötkazmoqda.
“Körinişidan, Armaniston sulh kelişuvi va mintaqadagi doimiy tinçlikdan manfaatdor emas”, — degan Aliyev.
Mintaqadagi vaziyat haqida hikoya qilar ekan, Ilhom Aliyev Ozarboyjon mustahkam tinçlik ta’minlanişi tarafdori ekanini ta’kidlagan.
Armaniston bilan tinçlik ta’minlanişi uçun bu davlat konstitutsiyasidan Ozarboyjonga hududiy e’tirozlar olib taşlanişi va zarur özgartirişlar kiritilişi kerak, degan Aliyev.
Ötmiş sarqiti bölgan YeXHT Minsk guruhi va u bilan boğliq institutlar töliq tarqatib yuborilişi kerak, degan Ozarboyjon yetakçisi.
“Armanistonning Minsk guruhini tugatiş borasidagi pozitsiyasi mutlaqo tuşunarsiz. Çunki mojaro ötmişda qolgan ekan, Armaniston boş vaziri Ozarboyjonning hududiy yaxlitligini qöllab-quvvatlaşini ta’kidlagan ekan, ötmiş sarqiti bölgan Minsk guruhini saqlab turişga qanday ehtiyoj bor?!» — deya savol qöygan Aliyev.
Aliyevga köra bir qator ğarb institutlari Ozarboyjonga nisbatan adolatsiz munosabatni namoyiş etmoqda. Jumladan u Yevropa kengaşi Aprlamen assambleyasining aksilozarboyjon pozitsiyasi mamlakatning hududiy yaxlitligi va suverenitetini ta’minlaşga töğridan töğri boğliqligini ta’kidlagan.








