O‘zbekiston | 16:08 / 20.11.2020
15385
2 daqiqa o‘qiladi

«Bola puli» uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?

Ko‘pchilik tomonidan bola ikki yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi tayinlashda qanday hujjatlar talab etilishi bo‘yicha murojaat qilinadi. Bu boradagi asosiy savollarga javob olish uchun Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati bilan bog‘landik.

Foto: Kun.uz

“Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 maydagi 286-son qarorining 13-bandiga ko‘ra, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa tayinlash uchun Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘ining nomiga arizani ushbu Vaqtinchalik nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etiladi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

  • ariza beruvchi oila a'zolarining pasporti nusxalari, chet el fuqaroligini yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (doimiy yoki vaqtinchalik propiskadan o‘tganligi qayd etilgan beti bilan) va nikoh to‘g‘risidagi, bola tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar nusxasi;
  • bolalar vasiylik ostida bo‘lgan taqdirda, arizaga vasiylik va homiylik organining qaroridan ko‘chirma ilova qilinadi;
  • ushbu Vaqtinchalik nizomning 2a-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha bola parvarishi bo‘yicha nafaqa oilaning murojaat qilgan oydan oldingi oxirgi uch oy uchun boshqa daromadlari to‘g‘risida ma'lumot;
  • ushbu Vaqtinchalik nizomga 2b-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha tijorat banklarida ariza beruvchi va uning oila a'zolari nomidagi bank hisobvaraqlaridagi qoldiqlar va ariza berilgan oydan oldingi 6 oy mobaynida nomiga o‘tkazilgan pul o‘tkazmalari yuzasidan ma'lumotlarni taqdim etish to‘g‘risida ariza taqdim etilgan sanada birga yashovchi 18 va undan katta yoshdagi barcha oila a'zolari imzolari bilan tasdiqlangan ariza.

Ariza beruvchi tomonidan ushbu bandda keltirilgan barcha hujjatlarning to‘liq taqdim etilganligi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan tekshiriladi. Ushbu bandda keltirilgan hujjatlar taqdim etilmagan hollarda ariza ko‘rib chiqilmaydi”, – deyiladi taqdim etilgan ma'lumotda.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid