Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Aripov Turkistonda Qozog‘iston bosh vaziri bilan uchrashdi
Hukumat rahbarlari muzokaralar o‘tkazdi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Turkistonda Qozog‘iston hukumati rahbari Asqar Mamin bilan uchrashdi.
Abdulla Aripov va Asqar Mamin savdo-iqtisodiy, investitsiya, qishloq xo‘jaligi, suv-energetika, transport-logistika, bojxona sohasidagi hamkorlik, shuningdek sanoat kooperatsiyasi va mintaqalararo o‘zaro aloqalarning dolzarb masalalarini muhokama qildi.

«O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 2020-2022 yillarda hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi, tovarlarni taqsimlashning mintaqaviy tizimi, Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida Xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazini yaratish, chegara-bojxona postlarini modernizatsiya qilish va boshqa masalalarga alohida e'tibor qaratildi», – deya xabar berdi Qozog‘iston hukumati matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Qozog‘istonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi asosiy savdo sherigi hisoblanadi. 2019 yil yakuni bo‘yicha o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 21,2 foizga o‘sib, 4,5 milliard dollarni tashkil etdi.
«Tomonlar savdo aylanmasini 10 milliard dollarga yetkazish niyatida», deyiladi ma'lumotda.

Hukumat rahbarlari Turkistonda «Turkistan Textile» to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha Qozog‘iston-O‘zbekiston qo‘shma korxonasining ochilish marosimida ham qatnashdi.
Mavzuga oid
17:53 / 24.11.2025
Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi O‘zbekistonga yangi reyslarni yo‘lga qo‘yadi
16:00 / 20.09.2025
Qo‘rboshilarni qiynagan sovetlarning ikki quroli: Turkistonda ozodlik harakatlari qanday kechdi?
16:26 / 05.06.2025
Tojikistonda MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi
09:21 / 28.05.2025