Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fanlar akademiyasiga tegishli bo‘lgan sayt hakerlik hujumiga uchradi
Fanlar akademiyasiga tegishli bo‘lgan veb-saytga hakerlik hujumi amalga oshirildi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hakerlik hujumi uyushtirilgan veb-sayt O‘zR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti veb-sayti bo‘lib, mazkur holat Institut mas'ul xodimlari tomonidan bartaraf etildi.
«Fanlar akademiyasi tomonidan ilmiy-tadqiqot muassasasining veb-saytini takomillashtirish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar belgilandi. Saytga qo‘yilgan bank plastik karta egasi aniqlandi», - deyiladi ma'lumotda.
Eslatilishicha, kiberjinoyat uchun javobgarlik belgilangan.
Jinoyat kodeksining bir qator moddalarida kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlar va ularga nisbatan javobgarlik ko‘zda tutilgan.
Kodeksning 278-5-moddasiga ko‘ra, o‘zganing kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarish, xuddi shuningdek, kompyuter tizimini buzish (kompyuter sabotaji):
3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, 66 mln 900 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima;
2 yilgacha ozodlikni cheklash;
2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Mavzuga oid
20:05 / 10.06.2026
Ko‘rinmas front: Isroil va Eronning kiber urushi
17:41 / 13.04.2026
Fanlar akademiyasi 190 gektar yer maydonidan ixtiyoriy voz kechdi
10:21 / 19.02.2026
Deutsche Bahn konserni keng ko‘lamli kiberhujumdan jabr ko‘rdi
08:26 / 05.02.2026