Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Aripov ShHT hukumat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etmoqda
Foto: Dunyo
Ayni vaqtlarda Hindiston raisligida videokonferensiya shaklida Shanhay hamkorlik tashkiloti (ShHT) hukumat rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. «Dunyo» xabar berishicha, majlisda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etmoqda.
Kun tartibiga muvofiq, hukumat rahbarlari yangi koronavirus infeksiyasining iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etish, ShHTga a'zo davlatlar iqtisodiyotini raqamlashtirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish, milliy valutalarda o‘zaro hisob-kitob amaliyotini kengaytirish masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilgan.

Onlayn-anjumanda 2035 yilgacha savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini amalga oshirish rejasi va raqamli davrda olis va qishloq joylarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik konsepsiyasi bo‘yicha fikr almashiladi. Majlis ishtirokchilari ShHT Ishbilarmonlar kengashi va Banklararo birlashmasi faoliyati bilan bog‘liq masalalarni ham ko‘rib chiqadi.
ShHT Hukumat rahbarlari kengashi majlisi yakunlari bo‘yicha qo‘shma kommyunike qabul qilinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
22:53 / 13.04.2026
Rossiya O‘zbekistonga neft va gaz yetkazib berish hajmini oshirishini ma’lum qildi
21:06 / 27.03.2026
O‘zbekiston 2026 yilda sun’iy yo‘ldosh internetini ishga tushirishga tayyorlanmoqda
19:01 / 02.03.2026
Fors ko‘rfazi davlatlaridagi o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilinadi
20:55 / 17.02.2026