Jamiyat | 22:53 / 09.12.2020
4445
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda qariyb 40 mingta pirotexnika vositasi noqonuniy sotilishining oldi olindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari boshqa organlar bilan hamkorlikda Beruniy tumanida tezkor tadbir o‘tkazdi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Davlat bojxona qo‘mitasidan xabar qilishlaricha, tadbir davomida fuqaro S.D. shartli xaridorga 500 qutida jami 30 ming dona pirotexnika vositalarini 11,5 million so‘mga sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolingan.

Xuddi shunday yana bir holat Qo‘ng‘irot tumanida kuzatilgan. Fuqaro G.J 18 ming dona pirotexnika vositalarini 4,5 mln so‘mga sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolingan.

«Ma'lumot o‘rnida shuni ta'kidlash joizki, birgina Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yil boshidan jami 12 ta holatda umumiy qiymati 25 million so‘mdan ortiq bo‘lgan 105 543 dona pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu esa ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan 105 543 ta holatning oldi olindi degani.

Lekin shunga qaramasdan, pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar hali ham oramizda ko‘p va bojxona organlari tomonidan xavfli hisoblanuvchi ushbu vositalarning aylanmasiga qarshi tizimli kurash davom ettiriladi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda», – deyiladi rasmiy xabarda.

Mavzuga oid