O‘zbekistonda pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik choralari kuchaytiriladi
Senatorlar ma’qullagan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik, tayyorlaganlik, saqlaganlik, tashiganlik, jo‘natganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Senatning ellik to‘rtinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

2021-2023 yillarda 239 ta holatda mamlakat hududiga qiymati qariyb 2 mlrd so‘mlik 300 mingdan ortiq pirotexnika buyumlarini noqonuniy olib kirish holatlarining oldi olingan.
Qayd etilishicha, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish maqsadida pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi bilan bog‘liq ma’muriy javobgarlik choralarini kuchaytirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik, tayyorlaganlik, saqlaganlik, tashiganlik, jo‘natganlik va O‘zbekistondan olib chiqqanlik, shuningdek pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda o‘tkazganlik yoki O‘zbekistonga olib kirganlik uchun mazkur huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasidan kelib chiqqan holda javobgarlik choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Ta’kidlanishicha, Oliy Majlis Senati ham pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, saqlash, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda mamlakatimizga olib kirish yoki o‘tkazish bilan bog‘liq salbiy holatlarni oldini olish yuzasidan doimiy shug‘ullanib kelmoqda.
Jumladan, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan ushbu salbiy holatlarni oldini olish bo‘yicha mas’ul tuzilmalarga senator so‘rovi ham yuborilib, tegishli javoblar olingan. Qo‘mita tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga mamlakat hududlariga qo‘shni davlatlardan chegarani buzgan holda pirotexnika vositalarini olib o‘tish holatlarini oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish lozimligi yuzasidan tavsiyalar yuborilgan.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Markaziy bank Telegram orqali tarqalayotgan firibgarlikdan ogohlantirdi
Jamiyat | 16:34
-
Shakarga aksiz to‘lovi bekor qilinadi. Quruq sut importiga qo‘yilgan cheklovlar ham olib tashlanadi
O‘zbekiston | 16:32
-
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
Jamiyat | 16:21
-
1 iyuldan birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmasligi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 16:07
Mavzuga oid

19:50 / 28.03.2025
To‘rtko‘l tumani «korrupsiyadan xoli hudud»ga aylantiriladi

18:08 / 17.03.2025
Avtobus yo‘lagida harakatlanganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

16:42 / 17.03.2025
Shaxsning o‘z aybini tan olgani yagona dalil bo‘lsa, u jazoga tortilmaydi

13:14 / 17.03.2025