Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga pirotexnika buyumlarining noqonuniy savdosi bilan boğliq huquqbuzarliklarga javobgarlikni kuçaytirişga doir özgartirişlar kiritilmoqda. Bu haqdagi qonun muhokamaga qöyildi.
Qayd etilişiça, fuqarolarning hayoti, soğligi va jamoat tartibini saqlaşga, yonğin va boşqa favqulodda vaziyatlarning kelib çiqişiga turli darajadagi tahdidlarni yuzaga keltirişi mumkin bölgan xatti-harakatlar uçun bir xil javobgarlik çoralari belgilanganligi ularning töliq profilaktik ta’sirini ta’minlaşga tösqinlik qilmoqda. Qolaversa, pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasiga oid ma’muriy huquqbuzarliklar böyiça bayonnoma tuziş vakolatlari faqat Milliy gvardiya organlarining mansabdor şaxslariga berilganligi ğayriqonuniy qilmişlarga qarşi kuraş faoliyatining samaradorligiga salbiy ta’sir körsatyapti.
Qonun loyihasiga köra, pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasini taşkil etuvçi huquqbuzarliklar turlarining xavflilik darajasidan kelib çiqqan holda javobgarlik çoralari kuçaytiriladi. Şuningdek, Milliy gvardiya organlari bilan birga içki işlar organlariga ham ma’muriy bayonnomalarni rasmiylaştiriş vakolati beriladi.
Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 1851-moddasiga kiritilayotgan özgartirişga köra, pirotexnika buyumlaridan qonunga xilof ravişda foydalaniş huquqbuzarlik aşyolarini musodara qilib, BHMning 5 baravaridan 20 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi. Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravişda işlab çiqariş, tayyorlaş, saqlaş, taşiş, jönatiş, Özbekiston Respublikasi hududidan olib çiqiş uçun esa huquqbuzarlik aşyolarini musodara qilib, BHMning 15 baravaridan 30 baravarigaça miqdorda jarima jazosi belgilanmoqda.
Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravişda ötkaziş, Özbekiston hududiga olib kiriş huquqbuzarlik aşyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblaş miqdorining 25 baravaridan 50 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.













