O‘zbekiston | 11:52 / 11.12.2020
6607
1 daqiqa o‘qiladi

Akademik Ra'no Ubaydullayeva vafot etdi

Akademik Ra'no Ubaydullayeva 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi xabar bermoqda.

Ra'no Ubaydullayeva 1936 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, iqtisodchi olima, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, iqtisod fanlari doktori, professor. 

U 1958 yilda Toshkent moliya-iqtisod institutini tugatgan. 1958-1960 yillarda O‘zbekiston FA Iqtisodiyot institutida laborant, 1960-1963 yillarda aspirant, 1963-1964 yillarda kichik ilmiy xodim, 1964-1966 yillarda katta ilmiy xodim, 1967-1978 va 1992-1993 yillarda bo‘lim boshlig‘i, 1978-1990 yillarda direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 

R. Ubaydullayeva 1993-1997 yillarda O‘zbekiston mehnat vaziri o‘rinbosari, 1998 yildan «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi direktori sifatida ishlagan. 

Ilmiy ishlari O‘zbekistonda mehnat resurslaridan, xususan, ayollar mehnatidan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, oila, aholishunoslik, jamoatchilik fikrini o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish