Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asialuxe Travel: qishki ta'tilni o‘tkazadigan TOP-4 yo‘nalish
Qishning o‘rtasida, ayniqsa, yaxshi dam olishga ehtiyoj seziladi. O‘zingizda shijoatni to‘liq qayta tiklashning qulay va ajoyib usuli – bu sayohat qilish va kayfiyatni o‘zgartirishdir.
Asialuxe Travel kompaniyasi ushbu qishki ta'tilni ajoyib o‘tkazish uchun TOP-4 manzilni tayyorlab qo‘ydi.
Maldiv orollari
Maldiv orollari ajoyib quyoshli ob-havo, toza suv va oq plyajga ega. Kunduzi siz sho‘ng‘ishdan, hozirda juda zarur bo‘lgan D vitaminini olishdan va tunning boshlanishi bilan mashhur oshpazlarning taomlarini tatib ko‘rishdan, okean sadosi ostida mulohaza qilishdan zavqlanishingiz mumkin.

Shuningdek, Maldiv orollarida siz to‘y va asal oyini nishonlashingiz mumkin. Tasavvur qiling: siz va juftingiz cheksiz okean fonida. Bunday lahzalar ko‘p yillar davomida xotirada saqlanib qolishi shubhasiz.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri reysli sayohat to‘plamlari va aviachiptalar quyidagi sanalarda mavjud:
- 12.01.2021 – 19.01.2021 y.
- 19.01.2021 – 26.01.2021 y.
Antaliya
Antaliya o‘zining hashamatli Ultra All Inclusive tizimi bilan mashhur. Qayerga borishni yoki qayerda ovqatlanishni o‘ylashning hojati yo‘q. Antaliyada juda ko‘p bo‘lgan besh yulduzli mehmonxonalar hududida o‘yin-kulgi uchun barcha narsa bor.

Qishki Antaliya tashqi makon ixlosmandlari uchun juda mos: har qanday ekskursiyalar va sayrlar sizni arzon narxlar bilan ajablantiradi va sayohatning o‘zi tinch va sayyohlik hayajonisiz bo‘ladi.
Ekskursiyalar bilan bir qatorda, siz kurort muolajalariga vaqt ajratishingiz mumkin. Qishda narxlar sezilarli darajada pasayadi va sizga sayyohlik mavsumi avj olgan paytdan ko‘ra ko‘proq e'tibor beriladi. SPA markazlari aksariyat mehmonxonalarda mavjud. Agar siz turk hammomiga tashrif buyurmagan bo‘lsangiz, Asialuxe Travel u yerga albatta tashrif buyurishingizni tavsiya qiladi.
Antaliyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz bilan sayyohlik to‘plamlari va aviachipta quyidagi kunlarda mavjud:
- 14.12.2020 y.
- 29.12.2020 y.
- 08.01.2021 y.
- 18.01.2021 y.
- 28.01.2021 y.
Istanbul
Sirli, dabdabali, muhtasham... Istanbul haqida afsonalar to‘qish mumkin va siz u yerga bir marta tashrif buyurganingizdan so‘ng, siz bu shaharni sayohatdan keyin qoladigan ochiqlik va iliqlik uchun sevib qolasiz.

Qishki Istanbul barcha savdo markazlarida mavjud bo‘ladigan ajoyib chegirmalar bilan mashhur. Nisbatan kichik budjetga siz shkafni kelgusi yillar uchun sifatli yangilashingiz mumkin.
Xarid qilish terapiyasidan tashqari, siz o‘zingizni haqiqiy sharqona ertakka sho‘ng‘itasiz: ko‘rilgan va ko‘rilmagan taomlar, aql bovar qilmaydigan saroylar va o‘zgacha sehrli muhit sizni befarq qoldirmaydi.
Shu bilan bir qatorda, qishda siz Istanbul yaqinida joylashgan Uludag‘ tog‘ markaziga tashrif buyurishingiz mumkin.
Istanbulga sayohat paketlari va aviachiptalar quyidagi kunlarga belgilangan:
- 09.12.2020 y.
- 16.12.2020 y.
- 23.12.2020 y.
- 30.12.2020 y.
- 06.01.2021 y.
Dubay
Dengiz yonida qorayishni, dunyodagi eng zo‘r restoranlarda ovqatlanishni va zamonaviy me'morchilikdan zavqlanishni istaysizmi? Sizga shovqin-surondan iliq va zamonaviy Dubayga qochib ketishni taklif qilamiz. Chiroyli mashinalar, binolar va aql bovar qilmaydigan xarid qilish festivali – bu Dubayning kichik bir qismidir. Suv muolajalaridan bahramand bo‘lishni, masjidni ziyorat qilishni va Burj Xalifa yonida suratga tushishni maslahat beramiz.

Dubayga doimiy reyslar haftasiga besh marta «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning qulay avialaynerlarida amalga oshiriladi.
Yuqoridagi barcha reyslar qulay, zamonaviy, keng samolyotlar, ya'ni Airbus A320neo, Boeing 787 Dreamliner va boshqa samolyotlar yordamida amalga oshiriladi, ularda sizning parvozingiz charchoqsiz va xavfsiz bo‘ladi.
Asialuxe Travel sayyohlik operatori 2018 yilda tashkil etilgan. Kompaniyaning asosiy vazifasi – bu barcha istaklarni va har qanday budjetni hisobga olgan holda, O‘zbekiston aholisiga ta'tilni chet elda o‘tkazishda yordam berishdir. IT-texnologiyalarining so‘nggi yutuqlarini joriy etish hisobiga, xizmatlar savdosini optimallashtirish aviachipta va sayohat paketlarini sotib olish jarayonini maksimal darajada soddalashtirishga imkon berdi.
Shuningdek, Asialuxe Travel har bir sayyohga alohida yondashadi va uning istaklarini inobatga olgan holda, u yoki bu sayohat paketini taklif qiladi. Shu tariqa, Maldiv orollarining mashhur kurortlarida ta'til yanada arzonlashadi.
Sayohat paketlari narxlari bilan kompaniyaning www.asialuxe.uz veb-saytida tanishishingiz yoki +99871 2017777 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, oldindan band qilishingiz mumkin. Shuningdek, sayohatni shahardagi barcha sayyohlik agentliklari orqali buyurtma qilishingiz mumkin. B2B hamkorligi uchun biz O‘zbekistonning sayyohlik korxonalari va aviakassalarini taklif qilamiz hamda yuqoridagi telefon raqamiga murojaat qilishni so‘raymiz. Asialuxe Travel kompaniyasi samarali hamkorlikka tayyor.
Manzil: Toshkent shahri, Said Baraka ko‘chasi, 24
Telefonlar: +99871 2017777, +99899 8308788, +99899 4438788
Telegram: t.me/asialuxe
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram: @asialuxe.travel
Veb-sayt: www.asialuxe.uz
Reklama huquqlari asosida
Mavzuga oid
14:59 / 06.06.2026
Asialuxe Travel va Uzbekistan Airways tarixda ilk bor Samarqand – Antaliya to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysini amalga oshirdi
17:00 / 14.05.2026
Antaliyaning eng yaxshi mehmonxonalariga qanday tezroq va arzonroq borish mumkin: Asialuxe Travel Alanya (GZP) orqali qulay yo‘nalish ochmoqda
19:00 / 08.05.2026
Tabiat, tinchlik va salomatlik: Karlovi Vari bo‘ylab sayohat ota-onaga sovg‘a uchun eng yaxshi tanlov
17:00 / 19.02.2026