«O‘zbekneftgaz»: Kuchlik neft bazasida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (ASKUNN) joriy etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 28 apreldagi «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan «O‘zbekneftgaz» AJda bir qator ishlar bajarilmoqda.
Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayevning topshirig‘iga asosan, «Kuchlik neft bazasi» MChJda avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish boshlangan edi.
«Kuchlik neft bazasi» MChJning tayyor mahsulot parklarida neft mahsulotlarining hisobini olish avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (ASKUNN)ni joriy etish to‘liq yakunlandi.
«Kuchlik neft bazasi»dagi sig‘imlarda tayyor neft mahsulotlar vertikal va gorizontal sig‘imlarga o‘rnatilgan zamonaviy programmalashtirish imkoni mavjud bo‘lgan «Albatros» AJ kompaniyasining boshqaruv kontrollerlari, shkaflari, sath, bosim, gidrostatik bosim, harorat o‘lchash asboblari o‘rnatildi.
Shundan so‘ng, dispetcherlik xizmatiga onlayn rejimga chiqarildi va «Kuchlik neft bazasi» MChJda avtomatlashtirilgan tizim joriy etildi.
Hozirda bu tizim orqali neft bazasidagi barcha ma’lumotlar «O‘zbekneftgaz» AJ Markaziy dispetcherlik xizmati tizimiga onlayn rejimiga chiqarildi.
Ta’kidlash kerakki, avtomatlashtirilgan tizim o‘rnatilgani natijasida neft mahsulotlari hisobini yuritishda to‘liq aniqlikka erishildi.
Shuningdek, mahsulotlar sifatini yaxshilash va operativ boshqaruvda qulayliklarga erishish ham ta’minlandi.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda
21:27 / 05.09.2024
GTL zavodining davlatga soliq tushumi 2 barobarga kamaygani ma’lum bo‘ldi
20:27 / 29.08.2024
Yirik energetika korxonalari soliq to‘lashni keskin kamaytirdi
13:59 / 29.08.2024