Jyeyms Bond haqidagi film premerasi Nokia smartfoni sababli kechiktirildi
Britan josusi 007 haqidagi yangi filmning premerasi unda suratga olingan Nokia smartfonlari eskirib qolgani sababli uchinchi marta ko‘chirildi. Bu haqda The Sun nashri manbalarga tayanib xabar berdi.
Nokia kompaniyasi 2019 yil bahorida ekranlarga chiqishi kerak bo‘lgan filmning reklama hamkorlaridan biri hisoblanadi. Bondiananing “O‘lishning mavridi emas” (No Time to Die) deb nomlangan yangi qismida josus Jyeyms Bond Nokia 8.3 5G smartfonidan foydalanadi.
Biroq film premerasi dastlab rejissyor bilan muammo, keyinroq 2020 yilda pandemiya sababli ikki marta ko‘chirilgan. Yaqinda esa uning 2021 yil oktyabriga ko‘chirilishi haqida e'lon qilindi. Bunga fin kompaniyasining filmdagi smartfoni eskirib qolgani tufayli u aks etgan sahnalarning Nokia’ning yangi gadjetlari bilan boshqatdan suratga olinishini istagani sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:58 / 13.11.2024
Mobil qurilmalar erasi: eng ko‘p sotilgan telefonlar
14:35 / 09.10.2024
Eksperiment: Ma’ruzada smartfonlardan qisqa muddat foydalanish talabalarga diqqatni jamlashga yordam berishi mumkin
12:24 / 06.09.2024
Smartfonlar miya saratoniga sabab bo‘lishi haqidagi fikrlar asossiz deb topildi
15:18 / 22.04.2024