Shavkat Mirziyoyev Samarqandning turizm salohiyatini o‘stirishga oid taqdimot bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 11 fevral kuni Samarqandning turizm salohiyatini, shu jumladan ziyorat turizmini rivojlantirishga doir taqdimot bilan tanishdi.
Rasmiy relizga ko‘ra, Samarqand tumanida turistik markaz tashkil etilmoqda. Bu maskanda 8 ta mehmonxona, anjumanlar zali, restoranlar, bog‘ va sayilgohlar bo‘ladi.
Turistik markazni Samarqand xalqaro aeroporti, temir yo‘l vokzali, Imom Buxoriy maqbarasi, Registon maydoni va boshqa diqqatga sazovor joylar bilan bog‘laydigan ko‘chalar ta'mirlanmoqda. Shaharda 10 ta yangi mehmonxona qurilyapti.
Shavkat Mirziyoyev taqdimot bilan tanishib, transport, yo‘l va kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, Samarqand shahrini obodonlashtirish, savdo va xizmatlarni kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, prezident 9 fevral kuni ichki va ziyorat turizmini rivojlantirishga oid farmon imzolagan edi.
Farmonga asosan:
- O‘zbekistonda qator bayramlarda ishlanmaydigan kunlar kamida 3 kun deb belgilandi;
- O‘zbekiston fuqarolari ham mamlakat ichida turistik yig‘im to‘laydigan bo‘ldi;
- O‘zbekiston ichida yangi aviareyslar va poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi;
- Aviaparvozlarga ruxsat olishni soddalashtirish, loukosterlarni jalb etish rejalashtirilmoqda;
- «Imom Buxoriy» ziyorat turizmi yo‘ldosh telekanali konsepsiyasi ishlab chiqiladi;
- Turizm xizmati ko‘rsatuvchilarga imtiyoz va preferensiyalar 2021 yil oxirigacha uzaytirildi.
Mavzuga oid
09:53 / 25.10.2024
Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda piyoda halok bo‘ldi
08:10 / 25.10.2024
Samarqandda 1 tup tutni kesgan fuqaro 75 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi
22:45 / 24.10.2024
2024 yilda O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
14:56 / 24.10.2024