KXDRda Janubiy Koreya videomahsulotlarini olib kirganlik uchun o‘lim jazosi belgilandi
Janubiy koreyalik deputatning so‘zlariga ko‘ra, bunday videomahsulotlarni tomosha qilganlik uchun maksimal jazo muddati besh yildan o‘n besh yilgacha oshirildi.
KXDR hukumati mamlakatga Janubiy Koreya videomahsulotlarini olib kirganlik va tarqatganlik uchun jazoni kuchaytirdi. Bu haqda Yonhap agentligiga Janubiy Koreya parlamenti deputati Xa Txe Gyon milliy razvedka xizmati brifingi natijalariga ko‘ra ma'lum qildi.
"Oddiy qilib aytganda, "xallyu" (Janubiy Koreya ko‘ngilochar kontenti) uchun jazo bor. Mamlakatga Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan ko‘ngilochar videomahsulotlarni olib kirganlik va tarqatganlik uchun o‘lim jazosi belgilandi", - deb ta'kidladi.
Deputatning so‘zlariga ko‘ra, bunday videomahsulotlarni tomosha qilganlik uchun maksimal jazo muddati besh yildan o‘n besh yilgacha oshirildi.
Yonhap agentligining yozishicha, ushbu choralar antisotsialistik va KXDR jamiyatidagi "zararli" holatlarga qarshi kurash doirasida kuchaytirilmoqda. Ma'lumot berilishicha, mamlakatda yaqinda reaksion g‘oya va madaniyatlarga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun kuchga kirgan.
Mavzuga oid
13:30
YeI KXDRni RFning Ukrainaga qarshi urushida ishtirok etmaslik haqida ogohlantirdi
23:41 / 25.10.2024
KXDR Rossiyaga ikkinchi guruh harbiylarini yuborishga tayyorlanmoqda - Bloomberg
15:22 / 25.10.2024
Janubiy Koreya hukumati aholini yolg‘izlikdan qutqarish uchun 327 mln dollar sarflashni rejalashtirmoqda
14:50 / 25.10.2024