Janubiy Koreyada har yili minglab odamlar yolğizlikda vafot etadi, ularning jasadlari esa kunlar yoki haftalar ötgaç topiladi. Seul hokimiyati kelgusi beş yil içida bu muammoni hal qiliş uçun taxminan 327 million dollar mablağ ajratişini e’lon qildi, deb xabar bermoqda CNN.
“Yolğiz ölimlar” butun Koreya böylab keng tarqalgan. Muammo şunçalik jiddiylaşganidan hukumat çora körişga qaror qildi.
Yolğiz odamlar uçun işonç telefoni va onlayn maslahat platformasi işga tuşiriladi. Kelajakda şaxsiy taşriflar ham yölga qöyiladi. Bundan taşqari, Seulda psixologik maşğulotlar va yaşil hududlar taşkil etiladi. Keksalar uçun ovqatlaniş dasturlari işlab çiqilib, yakkalanib qolgan aholi qatlamlarini aniqlaş uçun maxsus tizim joriy etiladi. Yuqoridagilarga qöşimça boşqa çora-tadbirlar ham közda tutilgan.
Mutaxassislar hukumat rejasini ma’qulladi, lekin köproq iş qiliş kerakligini ta’kidladi. Ular yolğizlikni koreys madaniyatining öziga xos xususiyati deb biladi.
2023 yilda Janubiy Koreyada 3661 kişi yolğiz hayotdan köz yumgan. Şu bilan birga, ular orasida erkaklar ustunlik qiladi — 84 foizdan ortiq.
Yolğizlikda vafot etiş holati faqat Janubiy Koreyada kuzatilmayapti. 2024 yil birinçi yarmida Yaponiyada 40 mingga yaqin odam öz uyida yolğiz vafot etdi. Ularning 4 mingga yaqini ölimidan bir oy ötib topilgan, 130 nafar odamning ölimi bir yil davomida aniqlanmagan.
















