Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronaviruslarni aniqlovchi universal va aniq test ishlab chiqildi
Foto: pixabay.com
AQShdagi Kolumbiya universiteti va Xitoydagi Sun Yatsen universiteti olimlari barcha ma'lum koronaviruslar, jumladan SARS-CoV-2’ning mutatsiya qilgan variantlariga antitanalarni aniqlovchi yuqori aniqlikdagi universal testni ishlab chiqishdi.
Communications Biology nashrida yozilishicha, olimlar insonni zararlovchi barcha koronaviruslarning oqsillarini qamrab oluvchi 3 millionta immun markerlaridan iborat HCoV-Peptide chipini yaratishgan.
Mutaxassislar dastlab SARS-CoV-2’ga chalingan kasallik belgilariga ega bo‘lmagan, yengil yoki og‘ir darajadagi bemorlar, shuningdek, sog‘lom va SARS-CoV-1 hamda mavsumiy koronaviruslarga chalingan kishilar qonlari namunalarini tahlil qilishgan.
Olimlar tahlil davomida SARS-CoV-2’ga xos va unga turdosh bo‘lgan 29 peptidni aniqlashgan. So‘ngra HCoV-Peptide sog‘lom, COVID-19’ga chalingan va boshqa koronaviruslarga antitanalarga ega odamlardan olingan qon namunalari yordamida sinalgan.
Olingan natijalar yangi yondashuv 98 foizlik samaraga egaligini ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
07:50 / 13.08.2025
O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanasi belgilandi
09:41 / 24.07.2025
Bakalavriat uchun testlar to‘liq yakunlanadi
12:07 / 21.07.2025
Akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkazilish sanasi va vaqti aniq bo‘ldi
10:51 / 21.07.2025