Xitoy yoz o‘rtalarigacha yarim milliard kishini koronavirusga qarshi emlashni rejalashtirmoqda
Ma'lumot berilishicha, hozirda Xitoyda aholining 3,5 foizi yoki 51 million kishi koronavirusga qarshi emlangan.
Xitoy hukumati iyun oxiriga qadar yarim milliarddan ortiq kishini koronavirusga qarshi emlamoqchi. Bu haqda xitoylik epidemiolog Chjun Nanshan ma'lum qildi, deb xabar berdi CNN.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, uning Xitoy sog‘liqni saqlash tizimida ishlaydigan manbasi mamlakatda iyulga borib emlanganlar ko‘rsatkichini 40 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu 548 millionga yaqin kishini tashkil etadi.
Nanshanning ma'lumot berishicha, hozirda Xitoyda aholining 3,5 foizi yoki 51 million kishi koronavirusga qarshi emlangan. Uning qo‘shimcha qilishicha, jamoaviy immunitetga erishish uchun Xitoy hukumatiga uch yilga yaqin vaqt kerak bo‘ladi.
1 mart kuni Xitoy insonparvarlik yordami sifatida rivojlanayotgan davlatlarga vaksina yetkazib berishi xabar qilindi. Ular orasida Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari, Mo‘g‘uliston, Falastin, Belarus va Zimbabve bor.
Mavzuga oid
20:25 / 23.10.2024
Britaniyada norovirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlandi
21:15 / 13.09.2024
JSST maymunchechakka qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi
00:00 / 06.09.2024
Kongo mpox’ga qarshi vaksinaning birinchi partiyasini qabul qilib oldi
00:11 / 24.08.2024