Bloomberg emlashdagi sustkashlik Yevropa ittifoqiga 100 milliard yevroga tushishidan ogohlantirdi
Yevropa ittifoqi davlatlari koronavirusga qarshi emlashni tezlashtirmasa, Yevropa iqtisodiyoti milliardlab yevro yo‘qotishi mumkin. Bundan Bloomberg axborot agentligi ogohlantirmoqda.
Yevropa siyosiy vaziyat, vaksinalarni yetkazishdagi hayallashlar va odamlar tomonidan emlashga qarshilik ko‘rsatilayotgani sababli emlashni amalga oshirishda ancha ortda qolmoqda. Bloomberg Economics hisob-kitoblariga ko‘ra, pandemiyadan keyingi tiklanishdagi 1-2 oylik hayallash Yevropa ittifoqi iqtisodiyotiga 50 mlrddan 100 mlrd yevrogacha aylanishi mumkin.
“Yevropaliklar virusni uddalashni istayotgan bo‘lsalar, vaksinaning tatbiq qilinishini tezlashtirishlari lozim”, deb aytgan Principal Global Investors Ltd kompaniyasi bosh strategi Sima Shax. “Qog‘ozbozlik va hukumatlarning alg‘ov-dalg‘ov xabarlari bu jarayonni ortga surmoqda”, deb qo‘shimcha qilgan mutaxassis.
Yevropa markaziy banki rahbari Kristin Lagardning ta'kidlashicha, yevrohudud iqtisodiyoti 2021 yil yarmidan tiklana boshlaydi. Uning aytishicha, o‘sish sur'atlari emlash jarayoni va hokimiyatning sog‘liqni saqlash sohasidagi vaziyatga iqtisodiy munosabatiga bog‘liq bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:40 / 16.10.2024
Yevropa suv havzalarining faqat uchdan bir qismi yaxshi holatda
01:28 / 14.10.2024
NASA Yupiter tabiiy yo‘ldoshiga uchiriladigan missiyasini tayyorlamoqda
11:50 / 19.09.2024
Ish ko‘p, maosh kam: Yevropa shifoxonalarida “kadrlar inqirozi” yuz bermoqda
16:21 / 16.09.2024