MattressNextDay kompaniyasi tomonidan yaqinda ötkazilgan tadqiqotga köra, haftada beş kun örniga tört kun işlaydigan xodimlar tungi uyquda bir soat köproq vaqt yutadi.
Örtaça yevropaliklar kuniga yetti soat uxlaşga erişmoqda, ammo bu körsatkiç iş va şaxsiy hayot örtasidagi muvozanat, havo sifati va kunduzgi yoruğlik miqdori kabi omillarga qarab farqlanadi.
Tadqiqot davomida Yevropaning 36 mamlakatidan olingan ma’lumotlar tahlil qilindi. Bundan maqsad qaysi mamlakatlarda iş va uyqu örtasidagi muvozanat yaxşiroq, qaysi birida yomonroqligini aniqlaş edi.
“Iş va uyqu örtasidagi muvozanat mahsuldorlik va salomatlikning kalitidir. Iş uçun uyqudan voz keçiş ma’quldek tuyuladi, ammo haqiqat şundaki, töyib dam olmaslik diqqatimiz, ijodkorligimiz va qaror qabul qiliş qobiliyatimizga salbiy ta’sir körsatadi. Sifatli uyqu kuçimizni tiklaşga yordam beradi, natijada maksimal samaradorlik bilan işlay olamiz va kun qiyinçiliklarini yengamiz. Faqat töğri tuzilgan jadval bilan muvozanatga erişib bölmaydi, uzoq muddatli muvaffaqiyat va farovonlik uçun yaxşi uyqu ham zarur”, — dedi MattressNextDay kompaniyasining ijroçi direktori Martin Sili Euronews’ga bergan intervyusida.
Niderlandiya — eng maqbul iş va dam oliş rejimiga ega mamlakat
Niderlandiya iş vaqti va uyqu nisbati eng yaxşi bölgan Yevropa mamlakatlari reytingida birinçi örinni egalladi. 2016 yilgi Science Advances tadqiqotiga köra, niderlandiyaliklar örtaça sakkiz soat-u beş daqiqa uxlaydi, iş yuklamasi esa eng kamlar qatorida bölib, haftasiga örtaça 32,2 soatni taşkil etadi.
Gallup tahlil kompaniyasining sönggi hisobotiga köra, aynan şu ikki omil nima uçun Niderlandiyada işdan qoniqiş darajasi yuqoriligini tuşuntiradi (undan ham yuqori daraja faqat Finlandiya, Daniya va Islandiyada kuzatilgan).
Bu, öz navbatida, kompaniyalarga xodimlarning işdan ketişi oldini olişga, yangi işçi oliş va ularni öqitiş uçun qöşimça xarajatlardan qoçişga yordam beradi. Bundan taşqari, Niderlandiyada xodimlar eng kam stressga duçor böladi. Masalan, Gretsiya, Malta va Kipr bu reytingning quyi poğonalarida turibdi.
Niderlandiyaliklarning töğri kun tartibiga rioya qilişga yordam beradigan odatlaridan biri — ertalabki qahvani köçada içiş. Bu odat iloji boriça köproq tonggi quyoş nurini oliş imkonini beradi. Bunday amaliyot sirkad ritmini (inson organizmi funksiyalarining sutka davomida bir maromda özgarib turişi) tartibga solişga, uyqu sifatini yaxşilaşga va faoliyat samaradorligini oşirişga yordam beradi.
Avstriyada ham iş va uyqu örtasidagi muvozanat juda yaxşi: MedUni Wien ma’lumotlariga köra, avstriyalik xodimlar haftasiga örtaça 33,6 soat işlaydi, yetti-sakkiz soat uxlaydi.
Bu mamlakatda nafaqat iş haftasi nisbatan qisqa, balki iş vaqtidan taşqari vazifalar ham sezilarli darajada çeklangan. Bundan taşqari, ba’zi kompaniyalar xodimlariga moslaşuvçan iş jadvalini taklif etadi.
Norvegiyaliklar köp vaqtini oçiq havoda ötkazadi
Norvegiya ham iş va uyqu örtasidagi maqbul nisbatga ega mamlakatlar safiga qöşilgan. Örtaça norvegiyalik haftasiga 33,9 soat işlaydi. E’tiborli jihati şundaki, norvegiyaliklar oçiq havoda vaqt ötkazişni va çanği sporti, sayr qiliş hamda kayakda suziş kabi turli xil faol dam oliş turlarini yoqtiradi. Bu odatning hatto öz nomi ham bor — Frilutsliv, “oçiq havoda hayot” degan ma’noni anglatadi.
Uşbu omillar salomatlikni mustahkamlaydi (masalan, qon bosimi va D vitamini darajasini normallaştiradi) va uyquga ijobiy ta’sir qiladi, şuningdek, stressni kamaytirib, kayfiyatni yaxşilaydi.
Norvegiyaliklarning yotoqxonalarida harorat salqin saqlanadi, bu ham uyqu sifatini yaxşilaydi. Odatda, oilalardagi juftlikning har birida alohida körpa böladi, bu esa uyğonişlar sonini kamaytiradi. Saunaga boriş an’anasi ham uyqu sifatini oşiradi.
Turkiya va Serbiyada köp işlab, kam uxlaşadi
Turkiya, Serbiya va Çernogoriya iş va uyqu örtasidagi eng yomon muvozanatga ega davlatlar qatoriga kiradi.
Turklar Yevropada eng köp işlaydigan millat bölib, mamlakatda örtaça iş haftasi 44,2 soatni taşkil etadi. Şu sababli, dam oliş va hordiq çiqariş uçun juda oz vaqt qoladi.
ScienceDirect tomonidan 2021 yilda ötkazilgan tadqiqot natijalariga köra, pandemiya davrida Turkiya aholisining uyqusini buzuvçi asosiy omillardan biri stress bölgan. Aniqlanişiça, bu holat erkaklarda, şuningdek, oilali va farzandli kişilarda yaqqolroq namoyon bölgan.
Mamlakatdagi beqaror iqtisodiy vaziyat ham dam olişga salbiy ta’sir körsatmoqda. Yuqori inflatsiya darajasi, tez sur’atda oşib borayotgan foiz stavkalari, işsizlikning yuqori darajasi va uy-joy narxlarining osmonga çiqib ketgani — bularning barçasi xodimlarni özi va oilasi uçun eng zarur narsalarni ta’minlaş maqsadida köproq va uzoqroq işlaşga majbur etmoqda. Turkiyada işdan qoniqiş darajasi atigi 61 foiz ekani ajablanarli emas.
“Yalqov çernogoriyaliklar” haqidagi stereotipga qaramay, Çernogoriya iş haftasining davomiyligi böyiça Yevropada ikkinçi örinni egallaydi — örtaça 43,4 soat. Bu qisman Bolqon an’analari ta’sirida mamlakatda şakllangan mehnat madaniyati bilan izohlanadi, unda yoşi kattalar va iyerarxik tuzilmalar qadrlanadi.
Şu munosabat bilan, çernogoriyalik xodimlar katta yoşdagi hamkasblari va rahbarlari bilan muloqotda iş-şaxsiy hayot muvozanatiga oid çegaralarni örnatiş, ularga rioya qilişda qiyinçilikka duç kelmoqda. Ular uçun iş vaqtidan taşqari, bayram va dam oliş kunlarida işlaşni rad etiş, şuningdek, lavozim majburiyatlaridan taşqari vazifalarni bajarişdan boş tortiş oson emas. Oqibatda, uyqu va dam oliş köpinça ikkinçi darajali bölib qolmoqda.
Biroq aprel oyida mahalliy hokimiyat iş kunini bir soatga qisqartirişni e’lon qiliş orqali muammoni hal qilişga kirişdi.
Serbiyada ham iş haftasi nisbatan uzoq bölib, 41,7 soatni taşkil etadi. Turkiyaliklar singari serb işçilari ham pandemiya davrida jiddiy uyqu muammolariga duç keldi. 2022 yilda ötkazilgan Milliy tibbiyot kutubxonasi tadqiqotiga köra, pandemiyaning uçinçi tölqini paytida Ğarbiy Bolqon mamlakatlaridagi yoşlarning qariyb yarmi uyqu tartibining buzilişidan aziyat çekkan. Bu holat, ayniqsa, ayollar orasida köproq kuzatilgan.
Serblar orasida depressiya va uyqu apnoesi (uyquda 5-60 soniya nafas oliş töxtab qolişi) ham juda keng tarqalgan.
Mahalliy Hemofarm farmatsevtika kompaniyasi tomonidan 2022 yilda ötkazilgan sörovnoma natijalariga köra, serblarning 31 foizi salbiy öy-xayollar va qörquvlar tufayli uyqu muammolariga duç kelişini ma’lum qilgan. Yana 34 foizi esa kundalik taşvişlar ularning uyquga ketişiga xalaqit berişini ta’kidlagan.
Iş haftasining uzaytirilişi nafaqat mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir körsatadi, balki yuqori qon bosimi, tuşkunlik va qandli diabet kabi soğliq muammolari paydo bölişi xavfini oşirişi mumkin.
Qanday omillar yaxşi uyquni ta’minlaydi?
Yaxşi uyquga bir neça omillar ta’sir körsatişi mumkin, jumladan, xonadagi şaroit va harorat. Xona qançalik salqin va qoronği bölsa, uyqu şunçalik çuqur böladi. Mutaxassislar uyqudan taxminan bir soat oldin gadjetlardan foydalanişni töxtatişni, şuningdek, telefon budilnigi örniga oddiy uyğotkiçdan foydalanişni tavsiya etadi.
Şuningdek, uyqudan oldin tamaki, kofein va alkogol iste’mol qilişdan voz keçiş foydali hisoblanadi.
Ammo yaxşi uyquning eng oddiy va ayni paytda eng muhim omillaridan biri bölgan töğri töşak va yostiq tanlaş e’tibordan çetda qolmasligi lozim.











