Butun Yevropada şifoxonalar göyoki yaşab qoliş rejimida işlayotganga öxşaydi.
Xoh Fransiyada bölsin, xoh Sloveniya yoki Şvetsiyada, barça şifoxonalar xodim yetişmasligi, kam maoş va belgilangan vaqtdan taşqari işlaşga qarşi kuraşmoqda. Bu holat butun soğliqni saqlaş tizimida iş taşlaşlarga sabab bölib, natijada bemorlarni parvarişlaş sifatiga salbiy ta’sir körsatmoqda.
Bu yil Şvetsiyada tibbiyot xodimlari 16 yil içida ilk bor iş taşlaş ötkazdi. Bunga 78 kun ketma-ket işlaş va kam maoşga qarşi norozilik sabab böldi.
Skandinaviya mamlakatlarida iş taşlaşlar Yevropaning boşqa hududlariga nisbatan kamroq uçraydi. Biroq jamoaviy şartnoma tuziş böyiça tört oylik muzokaralardan söng Şvetsiya tibbiyot xodimlari uyuşmasi bunga majbur böldi — ular 11 apreldan 28 iyungaça iş taşladi.
“Muzokaralar jarayonida boşi berk köçaga kirib qoldik. Iş taşlaş e’lon qilişga majbur böldik. Nizoga borişimiz muqarrar edi”, — dedi Sineva Ribero Şvetsiya soğliqni saqlaş xodimlari uyuşmasi prezidenti. 114 000 a’zoga ega uyuşma hamşiralar, akuşerlar, biotibbiyot olimlari va rentgenologlarning manfaatini himoya qiladi. Kasaba uyuşmasi iş vaqtidan taşqari işlaşni ham taqiqladi.
“2023 yilda ular (uyuşma a’zolari) uç million soat ortiqça işlagan. Hamşiralar, akuşerlar, rentgenologlar va rentgen hamşiralari yetişmasligini bilardik”, — dedi Ribero.
Natijada, Şvetsiya tibbiyot xodimlari uyuşmasi öz a’zolarining 10 foizi — tungi smenada işlovçilar uçun iş vaqtini qisqartirişga, iş haqini 3,05 foizga oşirişga hamda iş beruvçilar hamşiralarning malaka oşirişini moliyalaştirişiga doir kelişuvga erişişga muvaffaq böldi.
Boşqa tomondan, ular tibbiyot xodimlarining iş haftasini 40 soatdan 37 soatgaça qisqartiriş töğrisidagi talablardan voz keçişga rozilik bildirdi.
Umuman olganda, mehnat şaroitlarining yomonlaşuvi tibbiyot xodimlarini Şvetsiyadan qöşni mamlakatlarga köçib ketişga majbur qiluvçi asosiy sabablardan biri hisoblanadi.
“20 mingga yaqin hamşira Norvegiyada işlaydi, çunki u yerda haftasiga kamroq soat işlab, köproq maoş olişadi”, — deydi Ribero.
Bundan taşqari, Şvetsiya soğliqni saqlaş sohasidagi kompetensiyalar böyiça milliy kengaşining iyun oyida e’lon qilingan hisobotida ta’kidlanişiça, 13 000 nafar malakali hamşira kasbini tark etgan, natijada soliq tölovçilar hisobidan 60 million yevrodan ortiq mablağ sarflanib, sohada “qora tuynuk” paydo bölgan.
“Balki Şvetsiyada vaziyat Yevropa Ittifoqining boşqa mamlakatlariga qaraganda yaxşiroqdir”, — deydi Ribero. “Ammo bizda aholi salomatligi haqida qayğuradigan hamşiralar yetişmaydi. Keyingi pandemiya qaçon kelişini bilmaymiz”.
Portlaşi muqarrar bölgan bomba
Aslida bunday muammo butun Yevropa Ittifoqi böylab mavjud. Hamjamiyat mamlakatlaridagi davlat şifoxonalari bir qator muammolarga duç kelmoqda. Bular qatoriga aholining qarişi natijasida köproq tibbiy xizmatga ehtiyoj sezilişi, şuningdek, nafaqaga çiqayotgan tibbiyot xodimlarini almaştiriş qiyinçiliklari kiradi. Çunki bu kasb ilgarigidek yoşlarni öziga tortmayapti.
“Talabning ösişi asosan törtta asosiy omilga boğliq: aholining qarişi, xilma-xil va surunkali kasalliklarning köpayişi, COVID-19 pandemiyasi davrida töplangan keçikişlar, şuningdek bemorlar köp kutib qolayotgani”, — deb tuşuntirdi Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST)ning Yevropadagi soğliqni saqlaş kadrlari va xizmat körsatiş böyiça mintaqaviy maslahatçisi Tomas Sapata.
Euronews bilan suhbatda u Yevropa mamlakatlarining soğliqni saqlaş tizimi “kadrlar inqirozi”ga duç kelayotganini ta’kidladi. Buning isboti sifatida turli toifadagi tibbiyot xodimlarining iş taşlaşini keltirdi.
“Bizda har qaçongidan köproq şifokor va hamşiralar bor. Xususan, sönggi 10 yil içida butun mintaqada şifokorlar soni 20 foizga, hamşiralar soni esa 10 foizga oşdi. Biroq tibbiy xizmatlarga bölgan talab undan tezroq sur’atlarda ösib bormoqda. Bu esa tibbiyot xodimlari soni va ularga bölgan ehtiyoj örtasida tafovut yuzaga kelayotganini, ya’ni tibbiyot xodimlari yetişmayotganini anglatadi”, — dedi u.
JSST Yevropa mintaqaviy bölimining 2022 yil sentabrda çop etilgan hisobotida Yevropa va Markaziy Osiyodagi soğliqni saqlaş tizimlariga tahdid solayotgan “vaqti kelganda portlaşi muqarrar bölgan bomba” haqida söz yuritilgan.
Unda soğliqni saqlaş va parvarişlaş sohasidagi kadrlarning qarişi asosiy muammolardan biri ekani ta’kidlanadi. Hisobotda körib çiqilgan 44 mamlakatning 13 tasida şifokorlarning 40 foizi allaqaçon 55 yoş va undan katta ekani qayd etilgan.
Ma’ruzada, şuningdek, tibbiyot sohasi vakillari orasida ruhiy salomatlikning yomonlaşuvi haqida ham söz yuritiladi. Bunga uzoq iş kunlari, yetarli kasbiy qöllab-quvvatlaşning yöqligi va xodimlarning jiddiy tanqisligi sabab bölmoqda.
Ba’zi mamlakatlarda hamşiralarning 80 foizdan ortiği COVID-19 pandemiyasi sababli yuzaga kelgan psixologik zöriqişning u yoki bu körinişi haqida ma’lum qilişgan. Hisobotga köra, har önta hamşiradan töqqiztasi işdan ketişni öylaydi.
Yevropa böylab bu muammolarning barçasi şifokorlar va boşqa soğliqni saqlaş xodimlarining mehnat şaroitlarini yaxşilaş uçun iş taşlaşga majbur qilmoqda.

Germaniya “yuqori sifatli” xizmat körsatişni talab qilmoqda
Yanvar oyida Germaniya davlat universitetlari kasalxonalarida işlayotgan minglab şifokorlar kasalxona ma’muriyati bilan olib borilgan jamoaviy muzokaralar natijasiz yakunlangandan söng iş taşlaşdi.
Şimoliy Hannoverdagi Marburger Bund kasaba uyuşmasi tomonidan uyuştirilgan “ogohlantiruvçi iş taşlaş”ga qariyb 5000 nafar şifokor qöşilgani ma’lum qilindi.
Kasaba uyuşmasi universitet şifoxonalarida işlaydigan 20 000 nafar şifokor uçun iş haqini 12,5 foizga kötariş hamda tunda, dam oliş va bayram kunlari işlaş uçun beriladigan mukofotlarni oşirişni talab qildi.
Mart oyida davlat şifoxonalari nazorati ostida bölgan 16 ta federal ştat bilan olib borilgan muzokaralarning törtinçi davri muvaffaqiyatsizlikka uçraganidan söng ular yana köçalarga çiqişdi. Marburger Bund taşkilotining ma’lumotlariga köra, bu safar Germaniya böylab 23 ta muassasadan taxminan 7000 nafar şifokor turli namoyişlarda iştirok etdi.
“Universitet tibbiyotida şifokorlarning iş haqi masalasi e’tiborsiz qoldirilişiga toqat qila olmaymiz”, — deya ta’kidladi Marburger Bund taşkilotining ikkinçi raisi Andreas Botslar.
“Muzokaralarning sönggi bosqiçi bizda şunday taassurot qoldirdiki, ştatlar haligaça masalaning mohiyatini tuşunmayapti: biz yuqori darajadagi tibbiyot uçun adolatli şaroitlarni talab qilyapmiz. Köp emas, ammo kam ham emas”.
Sloveniyada şifokorlar tarixidagi eng uzoq davom etgan iş taşlaş bölib ötmoqda
Yanvar oyida Sloveniya davlat soğliqni saqlaş xizmatida işlaydigan şifokorlar va stomatologlar mamlakat tarixidagi eng uzoq davom etgan iş taşlaş e’lon qildi.
Ular hukumatni oldin taklif etilgan soğliqni saqlaş islohotlarini amalga oşirişi va muzokaralar stoliga qaytişga majburlaş uçun ortiqça işlaşga bergan roziligini qaytarib olişdi.
2023 yilda şifokorlar va tiş şifokorlari kasaba uyuşmasi Fides hukumat bilan soğliqni saqlaş xodimlari uçun davlat sektoridagi iş haqi şkalasida alohida bosqiç yaratiş töğrisida kelişuv imzolagandi, biroq bu kelişuv amalda joriy etilmagan.
“Xodimlar davlat muassasalarini tark etmoqda, yaxşi pediatrlar esa davlat sektoriga yordam berişga tayyorligi uçun jazolanmoqda”, — deya ta’kidlandi Fides rahbari Damyan Polx bayonotida. “Islohotlar haqidagi va’dalar bajarilmayapti, soğliqni saqlaş sohasidagi qonunlarni bu sohadan mutlaqo bexabar bölgan kişilar yozmoqda”.
Hukumat soğliqni saqlaş tizimining barqaror işlaşini ta’minlaş maqsadida tibbiy xizmatlar töğrisidagi qonunga özgartiriş kiritiş taklifini ma’qulladi. Uşbu özgartirişlarga köra, iş taşlaş paytida ham minimal iş vaqti belgilanadi.
Fides bunday çoraning qonuniyligini şubha ostiga qöyiş maqsadida Sloveniya Konstitutsiyaviy sudiga murojaat etdi. Kasaba uyuşmasining ta’kidlaşiça, bu çora “şifokorlarning iş taşlaş huquqini yanada çeklab qöyadi”.
Avgust oyida Fides şifokorlar himoyasi uçun iş taşlaşga qöyiladigan qöşimça talablar haqida Sloveniya hukumatini xabardor qildi.

Fransiyadagi bahsli islohot
Fransiyada boşqa bir tadbir tibbiyot talabalari orasida norozilik uyğotdi: bu yil kuzda yoş şifokorlar uçun 1510 ta iş örni qisqartiriladi.
Iyul oyida e’lon qilingan rasmiy hukumat ma’lumotlariga köra, bu yil atigi 7 974 ta böş iş örni oçilişi kutilmoqda, holbuki 2023 yilda bu körsatkiç 9 484 tani taşkil etgandi.
Fransiyada yoş şifokorlar yoki “tibbiyot internlari” — 12 yillik tibbiyot ta’limining oltinçi yilini tugatgan talabalardir. Ular katta şifokor rahbarligida şifoxona yoki boşqa tibbiyot muassasasida töliq iş kunida faoliyat yuritib, bir vaqtning özida öqişni davom ettiradi.
“Hammamiz juda qörqyapmiz. Şifoxonalarda işlaş nihoyatda murakkab, yoş şifokorlardan katta aqliy va jismoniy kuç talab etiladi”, — deydi tibbiyot institutining oltinçi kursini tugatayotgan Mari. “Endi kuzda bizning sonimiz kamayadi, lekin iş hajmi özgarmaydi”.
Hukumat ta’kidlaşiça, böş iş örinlari soni qisqargan, çunki joy uçun tanlov imtihonlarida qatnaşgan nomzodlar soni ham kamaygan.
Ammo bu raqamlar kasaba uyuşmalarini hayratga soldi.
“Har yili yoş şifokorlar soniga qarab böş iş örinlari moslaştiriladi”, — deydi SAMU Urgences de France kasaba uyuşmasi vakili doktor Anes Rikar Xibon. “Lekin bu safar bir yil içida odatdagidan ança köproq odam işlagan”.
Tibbiy mutaxassisliklar turli darajada zarar kördi: umumiy tibbiyot va oftalmologiyadagi lavozimlar 18 foizga qisqaradi, şoşilinç tibbiy yordamdagi böş iş örinlari esa 15 foizga kamayadi.
“Plastik jarrohlik singari ba’zi sohalar köproq zarar köradi. Boşqalari, masalan, pediatriya yoki bolalar jarrohligi, ularga bölgan katta ehtiyoj tufayli saqlanib qolgan”, — deya ta’kidlaydi Xibon.
Talabalar internetda yoş şifokorlar faoliyatini qayta tiklaşni talab qiluvçi petitsiya e’lon qilişdi, sentabr oyiga kelib u 57 000 dan ortiq imzo töpladi.
2022 yilda Yevropa mamlakatlarida har 100 000 aholiga töğri keladigan şifokorlar tayyorlaş körsatkiçi.
Umuman olganda, munozara Fransiyaning butun tibbiyot sohasi çarçaş, ortiqça iş vaqti, nazorat yöqligi, raqobat, muhim majburiyatlar va kam maoş kabi muammolardan aziyat çekayotgan bir paytda keçmoqda. Bu muammolar COVID-19 pandemiyasi tufayli yanada kuçaygan.
Uşbu muammolar köp yillardan beri Yevropani taşvişga solib keladi, biroq 2023 yilda Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining Yevropadagi vakillari tomonidan qabul qilingan Soğliqni saqlaş va parvariş xodimlari töğrisidagi Buxarest deklaratsiyasi tufayli qit’a kasalxonalarida umid paydo böldi.
Deklaratsiya soğliqni saqlaş va parvariş xodimlarini işga qabul qiliş hamda ularni yaxşi şaroitda uşlab turiş, soğliqni saqlaş tizimini kadrlar bilan ta’minlaş mexanizmlarini takomillaştiriş, kadrlar faoliyatini optimallaştiriş va kadrlar tayyorlaşga davlat sarmoyalarini köpaytiriş böyiça siyosiy çora-tadbirlarga da’vat etadi.
Biroq mamlakatlar deklaratsiyani amalda qanday joriy etişi hali noma’lum. Mehnat şaroitlari yomonlaşuviga qarşi kuraşayotgan şifokor esa tibbiy yordam sifatiga salbiy ta’sir körsatadi.
“Tibbiyot xodimiga yomon munosabatda böliş, keyinçalik önta bemorga ham yomon munosabatda böliş degani”, — deydi Mari.











