Joriy yilning 26 mart kuni Chilonzor va Sergeli tumanlarining ayrim hududlarida gaz quvurlarini ta'mirlash ishlari olib boriladi.
![](https://storage.kun.uz/source/7/XeD2if6NCUD5dj8DzPUOmU9JgxL7ZVpH.jpg)
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, shu sababli gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Chilonzor tumanida soat 10:00dan 18:00gacha:
- "Ko‘tarma" MFYda;
Sergeli tumanida soat 11:00dan 18:00gacha:
- “Oxunboboyev” MFYda;
- “Sa'diy” MFYda gaz bo‘lmaydi.
Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.