Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
Prezident tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qaror imzolandi.
Nizomga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar tarkibidan bo‘lgan oliy harbiy ta'lim muassasalari kursantlarining o‘qish davrida quyidagilarni olishga oid huquqlari bekor qilindi:
- berilgan harbiy unvonlar bo‘yicha maoshi;
- oxirgi egallab turgan asosiy lavozimi bo‘yicha lavozim maoshi;
- xizmat yillari uchun ustama;
- maxsus moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama;
- qo‘shinni jangovar holatda ushlab turganlik uchun bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti;
- uzluksiz harbiy xizmati uchun bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti;
- moddiy yordam.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchini komandir (boshliq)ning ixtiyoriga o‘tkazish hamda tashkiliy-shtat tadbirlari o‘tkazilishi yoki boshqa lavozimga tayinlangani munosabati bilan lavozimdan bo‘shatilganda ikki oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda quyidagi to‘lovlar to‘lanadi:
- harbiy unvon maoshi;
- oxirgi egallab turgan asosiy lavozimi bo‘yicha lavozim maoshi;
- xizmat yillari uchun ustama, maxsus moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan ustama (15 foizgacha);
- biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti;
- oziq-ovqat payogi va turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi.
Shuningdek, hujjatda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchini komandir (boshliq)ning ixtiyoriga o‘tkazishga doir boshqa holatlarda ham to‘lovlar to‘lanishi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
21:47 / 06.04.2026
Harbiy xizmatchilar uchun oliygohga o‘qishga kirib, masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi
19:05 / 31.03.2026
Talaba qizlarga harbiy tayyorgarlikdan o‘tish huquqi kafolatlanishi mumkin
16:50 / 19.01.2026
Chaqiruv qog‘ozlari elektronlashtirilishi mumkin: nizom loyihasi
18:25 / 13.01.2026