O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda kengash axborot xizmati.
Ta'kidlanishicha, Kengash vakolati doirasidagi qator masalalarni ko‘rib chiqqan. Jumladan, mart oyida vakolat muddati tugagan 4 nafar sudyani navbatdagi 10 yillik muddatda tayinlash masalasi ham muhokama qilingan.
Sudyalar oliy kengashi qarori bilan Abrorbek Azimovich Karimov - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Farg‘ona viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
Qobuljon G‘ulomjon o‘g‘li Abdullayev - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining sudyasi lavozimiga tayinlangan.