2024 yilning 22 iyun kuni Yunusobod tuman IIO FMB 3-sonli IIB 405-sonli tayanç punktiga çaqirilgan jurnalistdan tuşuntiriş xati olingan. 

Jurnalist bilan muloqot qilgan profilaktika katta inspektori, podpolkovnik Xayrulla Döstov unga 2024 yilning 3 iyun kuni Jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudi binosidagi oçiq sudda yangragan ma’lumotni saytda yoritgani uçun gumonlanuvçi sanalayotganini bildirgan. Şu sabab JIB Şayxontohur tuman sudi raisi Tolibjon Obidov tomonidan taqdimnoma kiritilganini aytgan. Ammo gumonlanuvçi sifatida IIBga çaqirilgan jurnalist şikoyat nusxasi bilan taniştirilmagan. 

Jurnalist qaysi işim xatoligini sörab bergan savolga profilaktika inspektori «Öşa kungi sudda video olib, uni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatganingiz uçun», degan javobni bergan. Şuningdek, IIB xodimlari jurnalist olib çiqqan ma’lumot xorijiy OAVda çiqib ketganini aytgan. 

«Daryo» jurnalisti Otabek Qöldoşev 2024 yilning 3 iyun kuni Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Abidov tomonidan oçiq sud deyilgan sudda qatnaşib, sudya savollariga javob bergan Baxtiyor Qudratullayevning qamoqdan çiqqanidan söng, davlat taşkiloti vakillari unga aloqaga çiqib, mamlakatda yoşlar, sportçilar orasida piçoqbozlik köpayib ketayotgani uçun «köça»ni tartibga solişni söraganini aytganini yozgandi. Tahririyat bu gaplarning isboti sifatida sud jarayonida tasvirga olingan videoni ham e’lon qilgandi.
 
IIB xodimining bildirişiça, sudya öz şikoyatida 3 iyun kuni bölib ötgan sud majlisida OAV vakillariga murojaat qilib, sud tergoviga xalal beruvçi ma’lumotlarni oçiqlaş mumkin emasligi haqida ogohlantirgan. 

«Daryo» jurnalistining qöşimça qilişiça, haqiqatan ham öşa sudda sud tergoviga xalal beruvçi ma’lumotlarni oçiqlaş mumkin emasligi ta’kidlangan. Biroq sudya sud tergoviga xalal beruvçi ma’lumotlar aynan nimalardan iboratligiga aniqlik kiritmagan. Şuningdek, sudya yordamçilari yana bir jurnalist Uznews.uz