Farğona viloyati Rişton tumanida töxtab turgan “Lasetti”ning gazballoni portlab ketgan. Viloyat FVB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa bugun, 27 iyun kuni soat 11:40 larda sodir bölgan.
Rişton tumani, “Markaz” MFY hududidagi dehqon bozori oldida turgan “Lasetti” maşinasining metan gazballoni portlab ketgan.
Portlaşdan söng yonğin yuz bergan va maşina yonib ketgan. Portlaş vaqtida maşina içida heç kim bölmagan. Birlamçi ma’lumotga köra portlaş oqibatida maşina atrofidagi şaxslar turli darajada tan jarohati olgan.
Yonğin Rişton tumani FVB yonğinga qarşi kuraş bölimi xodimlari tomonidan öçirilgan. Hozirda holat yuzasidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.








