Farğona viloyatida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida jinoyat olami vakillari bilan yaqin aloqada bölgan va bir qança jinoyatlarni sodir etişda gumonlanayotgan Egamberdiyev Abdullo Tavakkal öğli uşlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, uşbu şaxs 1990 yilda tuğilgan, Farğona viloyati Qöştepa tumani “Baland masjid” MFY Navröz köçasi 14-uyda yaşovçi, muqaddam Jinoyat kodeksining 166-moddasi (Talonçilik) 2-qismi bilan sudlangan.
U 2022-2023 yillarda “Baxti Taşkentskiy” nomi bilan tanilgan kriminal avtoritet Baxtiyor Qudratilloyev hamda ”Salimboyvaçça” — Salim Abduvaliyev bilan tanişib, ular bilan yaqin aloqada bölgan hamda jinoyat olamida yetakçi bölişga uringan. Tezkor tadbirda Abdullo Egamberdiyev Farğona şahrining Qirguli mavzesida qölga olingan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi “a”, “b” bandlari, 28-moddasi orqali 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar! Agar siz ham uşbu şaxsdan jabr körgan bölsangiz, yaqin oradagi içi işlar organlariga yoki 102 qisqa raqamiga qönğiroq qilib, xabar berişingiz söraladi”, deyilgan xabarda.













