Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik dzyudochilar qit'a chempionatini ikkinchi o‘rinda yakunladi
6-9 aprel kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida dzyudo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada 29ta davlatdan 195 nafar sportchi ishtirok etdi.
Ushbu Osiyo-Okeaniya chempionati Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun zaruriy reyting ochkolarini jamg‘arish imkonini beradi.
Mazkur nufuzli musobaqada dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10ta medal - 3ta oltin, 2ta kumush va 5ta bronza qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.
Sardor Nurilloyev (-66 kg), Davlat Boboxonov (-90 kg) va Gulnoza Matniyozova (-70 kg) oltin medallarni, Muhammadkarim Xurramov (-100 kg) va Diyora Keldiyarova (-52 kg) kumush medallarni, Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg), Muzaffarbek To‘raboyev (-100 kg), Gulnur Muratbayeva (-48 kg), Sita Kadambayeva (52 kg) va Nilufar Yermaganbetova (57 kg) bronza medallarni qo‘lga kiritgan.

Mavzuga oid
23:41 / 14.09.2025
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldi
19:53 / 27.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi
13:43 / 19.10.2024
Toshkentda harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi
17:16 / 03.08.2024