O‘zbekiston hukumati va Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hujjat bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasi Qozon shahriga, Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi davlat sifatida ishtirok etish uchun amalga oshirgan tashrifi doirasida imzolandi.
Hujjat kuzatuvchi davlat sifatida O‘zbekiston va YeOIK o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan.
Memorandum, shuningdek, bojxona va texnik jihatdan tartibga solish, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish, dori vositalari va tibbiyot buyumlari aylanmasi, transport, energetika, sanoat va agrosanoat majmuasi, intellektual mulk va boshqa iqtisodiyot tarmoqlari kabi sohalarda axborot almashinuvini o‘z ichiga oladi.
«Memorandum xalqaro shartnoma hisoblanmaydi hamda O‘zbekiston Respublikasi va YEKga moliyaviy va huquqiy majburiyatlarni yuklamaydi», – deyiladi TIV axborotida.
Tomonlar maslahatlashuvlar va delegatsiyalar almashinuvini tashkil etishning aniq sanalarini o‘z ichiga olgan 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasini ham qabul qildi.
Avvalroq, mart oyida prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirishga doir qaror imzolagan edi.
Mavzuga oid
00:57 / 10.09.2024
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida «Agroekspress» qatnovlari bo‘yicha shartnoma imzolandi
22:17 / 09.09.2024
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida temiryo‘l qatnovi to‘liq tiklangani e’lon qilindi
18:21 / 09.09.2024
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekistonga ikki kunlik tashrif bilan keldi
22:35 / 26.08.2024