Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida temiryo‘l qatnovi to‘liq tiklangani e’lon qilindi
Rossiya va O‘zbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning beshinchi yig‘ilishida shunday ma’lumotlar qayd qilindi.
Rossiya va O‘zbekiston temiryo‘l qatnovini to‘liq tikladi, ikki davlat poytaxtlari o‘rtasida poyezdlar qatnovi tiklanmoqda, deb xabar berdi Interfax.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya va O‘zbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning beshinchi yig‘ilishini ochar ekan, shunday dedi: «Biz o‘zaro hamkorlikning yana bir muhim yo‘nalishi – transport-tranzit hamkorligini, mamlakatlarimizga istiqbolli mahsulot bozorlarini ochish imkonini beradigan yangi xalqaro transport yo‘laklari shakllantirishdan manfaatdormiz. To‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar soni haftasiga deyarli 300 taga yetdi, bizda boshqa mamlakatlar bilan bunday ko‘rsatkich yo‘q, ularning geografiyasi kengaymoqda».
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin qo‘shimcha qildi: «Biz mintaqalararo aloqalar mustahkamlanib, turli yo‘nalishlarda – qo‘shma sanoat zonalarida yangi ommabop loyihalarni yuzaga keltirishini kutamiz. Ikki davlat o‘rtasida transport aloqalarini kuchaytirishga e’tibor qaratishni taklif qilamiz. Yuk va yo‘lovchi tashish hajmini oshirish uchun ishonchli xalqaro logistika yo‘laklarini birgalikda rivojlantiramiz».
Mishustin mamlakatlar o‘rtasida sayyohlik aloqalari tobora ortib borayotganini ta’kidladi.
«So‘nggi paytlarda ularga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshdi, bu esa sayohatlar qulayligi va xizmatlar sifatini oshirish, mahsulot turlarini kengaytirish bo‘yicha olib borayotgan ishlarimiz bilan qo‘llab-quvvatlandi. Turistlarning o‘zaro oqimi o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra ikki barobar oshdi – 1 million ikki yuz minggacha. Joriy yilning birinchi yarmida - yana 12 foizga o‘sdi», dedi Mishustin.
«Rossiyada O‘zbekiston Turizm yilining o‘tkazilishi bu boradagi ko‘rsatkichlarni oshirishga yordam beradi. Bundan tashqari, 24 sentabrdan boshlab, pandemiya sababli to‘xtatilgan Moskva va Toshkent yo‘lovchi poyezdlari harakati tiklanadi», dedi u.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024