O‘zbekiston | 18:21 / 09.09.2024
3824
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekistonga ikki kunlik tashrif bilan keldi

Rossiya va O‘zbekiston bosh vazirlari ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qiladi.

Foto: O‘zA

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Toshkentga uchib keldi va Rossiya bilan O‘zbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiya rahbari bilan yig‘ilish o‘tkazadi.

Mishustin o‘z tashrifini G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasini ziyorat qilishdan va «Matonat madhiyasi» monumenti poyiga gul qo‘yishdan boshladi. U O‘zbekistonda 10 sentabrgacha qoladi.

Mixail Mishustin O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Toshkent shahridagi G‘alaba bog‘ining bosh paviloni – «Shon-sharaf muzeyi»ni ko‘zdan kechirdi. Bosh vazirga O‘zbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki tarixiga bag‘ishlangan ko‘rgazma namoyish etildi. Uni «Matonat madhiyasi» monumenti yonida faxriy qorovul va harbiy orkestr kutib oldi.

Tashrif davomida Rossiya bosh vaziriga Toshkentdagi yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi «Texnopark» faoliyati namoyish etildi. Keyin 2018 yilda tuzilgan qo‘shma komissiyaning beshinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Mixail Mishustin va Abdulla Aripov ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qiladi. Gap Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyevning Toshkentdagi uchrashuvida erishilgan kelishuvlar haqida ketmoqda. Davlat rahbarlari savdo, fan va madaniyat sohalarida hamkorlikka oid ikki tomonlama hujjatlar paketini imzolagan edi.

Mavzuga oid