«Roskosmos»ning ma'lumot berishicha, raketaning ikkinchi pog‘onasi konstruksiyalarining bir qismi atmosferada yonib ketadi.
«Roskosmos» rahbari Dmitriy Rogozin Xitoyning nazoratdan chiqib ketgan Long March 5b («Chanchjen-5») raketasi Yangi Zelandiya sharqiga qulashi mumkinligini ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, raketa 9 may kuni Moskva vaqti bilan soat 05:54da Tinch okeaniga, Yangi Zelandiya sharqiga qulashi mumkin.
«Roskosmos»ning ma'lumot berishicha, raketaning ikkinchi pog‘onasi konstruksiyalarining bir qismi atmosferada yonib ketadi.
«Obekt 9 may kuni Moskva vaqti bilan 02:30da Indoneziyadan janubroqda, Timor dengizi hududida Yer atmosferasining zich qatlamiga kirishi mumkin», — deyiladi «Roskosmos» xabarida.
Raketa aprel oxirida orbitaga Xitoyning birinchi koinot stansiyasi – «Tyanxe»ning asosiy modulini yetkazgandi. Endilikda raketaning markaziy moduli Yer atrofida 27,6 ming km/soat tezlik bilan erkin aylanib, tobora pastlamoqda.