Rossiyaning Xarkiv yaqinidagi Çerkasskaya Lozovaya qişloğidagi dam oliş markaziga raketa hujumi natijasida halok bölganlar soni yetti kişiga yetdi, deb ma’lum qildi 20 may, duşanba kuni Xarkov viloyati ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov.
Şönğiş xizmati bölinmalari suv omboridan erkak tanasining bölaklarini topdi, deb yozadi Sinegubov. Otişmaning özi bir kun oldin sodir bölgan. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga köra, dam oliş maskani hududiga ikkita «Iskander-M» raketasi hujum qilgan. Zarba natijasida, sönggi ma’lumotlarga köra, 28 kişi jarohatlangan.
Bundan taşqari, bir kun avval Kupyansk tumani ham öqqa tutilgan, hujumlar natijasida beş kişi halok bölgan, yana töqqiz kişi yaralangan, deya xabar beradi Sinegubov.
Rossiya yangi hujumi fonida Xarkiv viloyatini öqqa tutişni kuçaytirdi
10 may kuni Rossiya qöşinlari Ukrainaning Xarkiv viloyatidagi çegara hududlarini öqqa tutişni keskin kuçaytirdi. Şu kuni ular bir qator hududlarda hujumga ötib, keyinroq öndan ortiq aholi punktlarini nazorat ostiga olişdi.
17 may, juma kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya armiyasi «bugungi kunda» Xarkivni egallaşni rejalaştirmaganini aytdi. U hujum operatsiyasini Ukraina Qurolli kuçlari çegara hududlarini öqqa tutgani sababli Rossiyaning Ukraina bilan çegarasida «sanitar zona» yaratiş istagi bilan izohladi.









