Kun.uz Ramazon hayiti bilan barchani muborakbod etadi!

Kun.uz jamoasi jumla mo‘min-musulmonlarni ulug‘ ayyom – Ramazon hayiti bilan qutlaydi.
Mohi sharif – oylarning sultoni Ramazonda 30 kun mobaynida ro‘za tutildi, imkon qadar toat-ibodatda bo‘lindi, qator Islom davlatlaridan farqli ravishda tarovih namozlari masjidlarda jamoat bilan ado etildi.
Vatanimiz musulmonlari bunday imkoniyatdan foydalanib qolishdi, tarovih namozlari o‘zgacha shukuh bilan fayzli o‘tdi. Xatmonalar so‘ngida xayrli duolar qilindi.
Hosil yetilganidan so‘ng yig‘ib olinganidek, bugun Ramazonda qilingan xayrli ishlarga ulkan ajr-u savoblar beriladigan, ibodatlar qabul bo‘ladigan va gunohlar afv etiladigan kundir. Bu kunda qilingan xayrli duolar mustajob bo‘lishini Alloh taboraka va taolodan so‘rab qolamiz.
Qalblarimizdagi iymon yanada ziyoda bo‘lsin, xonadonlarimizdan qut-baraka arimasin, vatanimiz yanada obod, xalqimizning turmushi yanada farovon bo‘lsin!
Hamon tashvish bo‘lib qolayotgan koronavirus balosi tezda bartaraf bo‘lsin! Dunyoning qator mintaqalari, ayniqsa, Islom diyorlaridagi notinchliklar barham topsin! Butun yer yuzidagi mo‘min-musulmonlarni Allohning O‘zi qo‘llasin, mushkullarini oson qilsin!
Shirin kalom ulashish, mehr ko‘rsatish, ota-onalarimiz duosini olish, tabassum bilan muomalada bo‘lish kabi yuksak axloq namunalari mo‘min-musulmonning nafaqat ulug‘ ayyom kunlaridagi, balki kundalik hayotidagi ajralmas odobidir.
Alloh taolo Ramazon oyida qilgan ibodatlarimiz va tavbalarimizni qabul qilsin. Haq yo‘ldan adashtirmasin. Xayrli amallarimiz yil bo‘yi bardavom bo‘lishini nasib etsin, bu ishlarga O‘zi muvaffaq aylasin. Bilib-bilmay qilgan katta-yu kichik gunohlarimizni kechirsin!
Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Skandinaviyadagi vatandoshlar uchun o‘zbek tilida onlayn maktab tashkil etiladi
O‘zbekiston | 11:58
-
Samarqandda qum-shag‘al noqonuniy qazib olinishi oqibatida 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazildi
O‘zbekiston | 11:57
-
O‘zbekiston Qirg‘izistonni kichik hisobda yengib, mundial sari yana bir qadam tashlagan o‘yindan fotojamlanma
Sport | 11:42
-
Hitrou aeroporti katta yong‘in tufayli yopildi
Jahon | 11:29
Mavzuga oid

19:36 / 27.02.2025
Ramazon oyining boshlanishi 1 martga to‘g‘ri keladi

13:15 / 28.04.2022
O‘zbekistonda Ramazon hayitining ilk kunini aniqlash maqsadida Shavvol hiloli kuzatilmoqda

19:00 / 26.04.2022
Prezident o‘zbekistonliklar Ramazon hayiti munosabati bilan 5 kun dam olishi haqida gapirdi

17:56 / 27.07.2021