Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya AQSh va Chexiyani «nodo‘st davlatlar» deb e'lon qildi
Foto: Miroslav Chaloupka/CTK/Global Look Press
Rossiya hukumati nodo‘stona davlatlar ro‘yxatini tasdiqladi. Unga bor-yo‘g‘i ikki davlat – AQSh va Chexiya kiritildi.
«Rossiya Federatsiyasi, fuqarolari va yuridik shaxslariga nisbatan nodo‘stona xatti-harakatlar sodir etuvchi xorijiy davlatlar ro‘yxati tasdiqlansin», deb aytilgan qarorda.
Ushbu davlatlarga nisbatan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 23 apreldagi farmoniga muvofiq choralar ko‘riladi. Hujjatga ko‘ra, Chexiya Rossiyadagi elchixonasiga ko‘pi bilan 19 nafar rossiyalik ishchi yollay oladi, AQSh elchixonasiga esa rossiyaliklarni yollashga ruxsat berilmaydi.